Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Biznes – lanch yoxud Filipp Lam faoliyatini yakunlaganidan buyon nima bilan shug‘ullanyapti?

Biznes – lanch yoxud Filipp Lam faoliyatini yakunlaganidan buyon nima bilan shug‘ullanyapti?

Baho:
+ | -

Germaniya futbolida yorqin iz qoldirgan Filipp Lam bundan 9 oy oldin butsalarini mixga ilgandi.

Mehnatkashligi tufayli «chumoli» laqabini olgan himoyachi ketish chog‘i hech qanday ko‘z yosh to‘kkani yo‘q, faqat iliq tabassum ulashdi. O‘shandayoq «Bavariya»ning benazir sardorida kelajak uchun aniq rejalari borligini osongina payqash mumkin edi.

Mana, Braziliya mundiali-2014 chempioni ayni payt hattoki, «Bavariya» buyuk «trebl»ga erishgan yildagiga nisbatan olganda, ham, ko‘proq harakat qilmoqda, yelib-yugurmoqda.

Sog‘lom oziqlanish

Filipp Lam shaxsiy biznesiga faoliyatini yakunlashidan ancha oldin zamin hozirlagandi. Hammasi 2016 yili boshlandi - nemis himoyachisi oziq-ovqat yo‘nalishida faoliyat yurituvchi Schneekoppe brendi xo‘jayinlaridan biriga aylandi. Ushbu qadimiy firmaga uzoq 1927 yili Gamburg yaqinida asos solingan.

Kompaniya sog‘lom ozuqalanishga mo‘ljallangan chamasi 100 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi — laktozasiz pechenYE, sabzavotlar soki va hokazo. Shuningdek, diabet xastaligiga mo‘ljallangan parhezbop mahsulotlarni ham. Biroq dongdor firma 2014 yili deyarli inqiroz holatiga tushib qolgandi.

Filipp Lam yordam qo‘lini cho‘zgach, Schneekoppening umumiy holati biroz yaxshilandi. Deylik, kompaniya 2017 yilning birinchi yarmida mablag‘ aylanmasini 3,7 mln. yevroga olib chiqib, 200 ming yevrolik kamomadni yo‘qotdi. 2018 yilning boshida esa Schneekoppe nazorat paketi to‘liq Lam ixtiyoriga o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Demak, «Bavariya»ning sobiq sardori firma qaddini butunlay ko‘tarishni rejalashtirgan.

Sog‘lom tana

Filipp Lam shu bilan cheklanib qolmayapti: u tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasiga sarmoya kiritishda davom etyapti. Nemis futboli faxrining yana bir xaridi - Sixtus kompaniyasi ulushi. Bunisi ham Schneekoppe bilan o‘xshash: biomahsulotlari bilan tanilgan qadimiy firma.

Farqi shuki, Sixtus faqat oziq-ovqat mahsulotlari emas, kosmetika bilan ham shug‘ullanadi. Ya’ni Alp giyohlaridan terini parvarishlovchi balzam, krem va sovutuvchi aerozollar ishlab chiqaradi. Diqqatga sazovor tomoni, kompaniya Germaniya olimpiya jamoasi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va shifokorlar shtabiga maxsus sport balzamlarini yetkazib beradi.

Xullas, Filipp Lam bu brendni yaxshi bilardi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, 2017 yilning yozida Sixtus sohibiga aylandi. To‘g‘ri, u kompaniya nazorat paketi aksiyalarini 24 oy davomida sotib oldi.

Lam shuningdek, 2016 yili Danova loyihasi (salomatlik masalalari bo‘yicha provayder)ga pul tikdi. Bunda 12 nafar doimiy xodim murabbiy-frilanserlar, psixologlar, diyetologlar va sport olimlarini o‘z ichiga olgan yaxlit tarmoqni nazorat qiladi.

Xullas, Danova mutaxassislari turli kompaniyalarga o‘z xodimlari salomatligini himoya qilish bo‘yicha maslahatlar berishadi. Mijozlar bazasi ancha katta: ayni payt Filipp Lam firmasi Adidas, Deutsche Telekom va Rewe Group (Germaniyada chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi yirik korporasiya, «Keln» klubining titul homiysi) kabi kompaniyalarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Fanatlar hamon qalbida

Muhimi, Lam katta futboldan chetga chiqib ham, o‘z fanatlarini unutgani yo‘q. U bu borada Fanmiles fan-platformasiga sarmoya tikdi. G‘oya juda oddiy: yulduzlarga sadoqatli muxlislarni rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilgan. Aytish joiz, loyiha faqat futbol fanatlariga mo‘ljallangan emas.

Misol uchun, har qanday sportchi yoki musiqachining shaxsiy ishqibozi ijtimoiy tarmoqqa suratini joylashtirib, muayyan yulduzlardan qaysidir o‘yin (konsert) chiptasini qabul qilib olishi mumkin.

Yaxshigina g‘oya, to‘g‘rimi? Axir Filipp Lam sport olamida ancha mashhur va uning loyihasini Sami Xedira, Mario Gyotse va Duglas Kosta kabi futbolchilar qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Shaxsiy xolding

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:12, 23.02.2018.
O'qildi: 5063 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.