Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

La liga. BBC triosining gollari «Real»ning g‘alabasini ta’minladi

La liga. BBC triosining gollari «Real»ning g‘alabasini ta’minladi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi hozirda yuqori formaga kirib olganini isbotlashda davom etmoqda. "Qirollik klubi" La liganing 25-turi doirasida o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda jamoalar nisbatan ochiq o‘yin namoyish qilishdi. "Qaymoqranglilar"ning imkoniyatlarga ega bo‘lgani tabiiy holat, ammo, kutilmaganda, mehmonlar ham tanaffusga qadar ko‘pgina vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq ulardan foydalanishda "Alaves" futbolchilariga mahorat yetishmadi.

Taym tugashiga arafasida Benzema raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi va tovoni bilan o‘z ortida turgan Ronalduga yetkazdi. Krishtianu chap oyoqda aniq zarba bilan darvoza burchagini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limning starti madridliklar uchun omadli keldi. Benzema maydon markazida to‘pni mehmon futbolchisidan olib qo‘ydi va qarshi hujumga asos soldi. Uning uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasiga kirib borib, yaqin burchakka to‘pni joyladi.

Bahsning 61-daqiqasida Vaskesning uzatmasidan keyin Ronaldu jamoasining uchinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin so‘ngida esa mezbonlar penalti ishlashdi. Kutilmaganda, Krishtianu 11 metrli jarima zarbasi tepish huquqini Benzemaga berdi. Uchrashuv davomida ko‘p vaziyatlardan foydalana olmagan Karim, bu safar raqib darvozasini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Real" o‘z ochkolarini 51taga yetkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 25-tur
Real Madrid – Alaves 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 44 Ronaldu, 2:0 – 46 Beyl, 3:0 – 61 Ronaldu, 4:0 – 89, penalti Benzema.
Real Madrid – Navas, Nacho, Teo, Karvaxal, Varan, Vaskes, Kazemiro (Lyorente, 80), Kovachich (Sebalyos, 73), Beyl, Benzema, Ronaldu.
Alaves – Pacheko, Laguardia, Duarte, Ruano, Eli, Torres, Manu Garsiya (Medran, 63), Pedrasa (Ibai Gomes, 62), Peres, Gvidetti (Burgi, 74), Sobrino.
Ogohlantirishlar: Peres (5), Sobrino (20), Lyorente (82).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:10, 24.02.2018.
O'qildi: 5733 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.