Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Endi «Navbahor»da qarzdorlik bo‘lmaydimi?

Endi «Navbahor»da qarzdorlik bo‘lmaydimi?

Baho:
+ | -

Bundan biroz avval "Navbahor" futbol klubida kichik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqilib, unda klub vise-prezidenti Olimjon Isayev quyidagi fikrlarni bildirdi:

- "Butun Namangan xalqi, "Navbahor" muxlisiman degan har bir Namangan farzandi, "Navbahor" uchun, jamoa manfaati uchun, barcha-barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, birlashishimiz zarur.

"Navbahor" muxlisiman, jamoa o‘yinlarini ko‘raman deb stadionga tashrif buyuradigan har bir muxlis, o‘z manfaatini o‘ylamasligi lozim. Agarda biz, fan-klubga a’zo bo‘ladigan muxlislarga tekinga chipta beradigan bo‘lsak, bunda jamoaga hech qanday manfaat tegmaydi.

Bundan buyon stadionga kelib futbol ko‘raman degan muxlislar, uchrashuvga chipta bilan kirishadi. Bu esa, o‘z navbatida klub uchun ham, jamoa manfaati uchun ham, jamoaning muxlislar borasidagi chempionat reytingida ham, sezilarli darajada o‘sishiga xizmat qiladi.

Avvaldan jamoada qarzdorlik bilan bog‘liq muammolar bo‘lib kelgan. Bu yerda ish yurmagan. Endi bunga chek qo‘yamiz. Endi "Navbahor"da "qarzdorlik" degan narsa bo‘lmaydi.

Klubda marketing yo‘lini yo‘lga qo‘yamiz. Atributkalar, klub logotipi tushirilgan futbolkalar, sharflar, shu va shunga o‘xshagan yangidan-yangi, jamoaga nafi tegadigan nima bo‘lsa, barini sotuvini yo‘lga qo‘yamiz. "Navbahor" brendini yaratamiz. Barcha ishlab-chiqarishda va boshqa sohalarga jamoa brendini beramiz.

"Navbahor"da to‘p suradigan futbolchilar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish ishlarini yo‘lga qo‘yamiz. Futbolchilar kerak bo‘lsa, "Navbahor" uchun maydonda borini berib, kerak bo‘lsa jonini berib o‘ynaydi.

Biz bu borada qo‘limizdan keladigan barcha ishni qilamiz! Iltimos qilamiz, faqat bunda siz aziz muxlislarning ko‘magingiz bizga juda ham zarur! 

Fan-klubga a’zo bo‘lib, yillik abonoment sotib olayotgan har bir muxlisga, 20, 25% chegirma taqdim etiladi. Bundan tashqari fan-klub uchun alohida klub logotipi tushirilgan bir xil turdagi sifatli futbolkalar topshiriladi.

Yillik abonoment sotib olib, jamoa manfaati uchun o‘z yordamini ayamayotgan muxlislarga esa, men o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Chunki, yillik abonoment sotib olayotgan har bitta muxlis, o‘z viloyati uchun, o‘z viloyatining bosh jamoasi uchun, klub rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan bo‘ladi. Ana shu insonlarga men o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Agar biz har birimiz vatanparvar bo‘lsak, vatanparvarlik tuyg‘usini his qilsakgina, jamoa uchun o‘z ko‘magimizni berish orqali, "Navbahor"dan yuqori natijalarni kutishimiz mumkin bo‘ladi". 

Manba: www.lochinlar.uz
Kiritildi: 22:10, 26.02.2018.
O'qildi: 3537 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик