Misr terma jamoasi shifokori Muhammad Ali terma jamoa yarimhimoyachisi Muhammad Salohning sog‘ligi haqida gapirdi.
"Saloh Kongo bilan o‘yinning 95-daqiqasida penaltidan gol urganda bizni faqat jahon chempionatiga olib chiqmadi, balki, bizni qamoqdan ozod qilganday bo‘ldi. Biz uchun futbol - din. Jahon chempionatisiz o‘zimizni qamoqda his qilamiz.
Salohning siri nimada? Momo buqaday sog‘lom! Buning ustiga u juda oddiy yigit, maslahatlarga quloq soladi. Qisqasi, o‘zini superyulduz hisoblamaydi. JCH-2018 da hamma uni duo qiladi", - deydi Ali.