Mashhur Bloomberg agentligi yil boshida sayyoramizning eng boy 500 nafar milliarderini o‘z ichiga olgan yangi reytingni e’lon qilgandi.
Diqqat bilan qarasak, haddan ortiq ko‘p boylikka ega insonlar orasida futbolga mehr qo‘yganlari ham bor. Xo‘sh, kuchli «mehr» ortida biznes manfaati katta o‘rin tutadimi yoki ermak?
Bu borada dabdurustdan muayyan xulosa chiqarish qiyin. Yaxshisi, maxsus fotojamlanmaga qarab, futbol klublari aksiyalariga ega boylar haqida ma’lumot olish barobarida barchasiga o‘zingiz baho bering...
1. Amansio ORTEGA
Umumiy reytingdagi mavqei: 5-o‘rin.
Boyligi: 74,9 mlrd. dollar.
Klubi: «Deportivo».
Ispaniyaning Inditex kompaniyasi ta’sischisi va sobiq prezidenti. Gap kiyim-kechaklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng yirik xoldinglardan biri haqida ketmoqda.
La-Korunyaning eng mashhur kishisi sanalgan Ortega «Depor»ga katta yordam bersada, bu masalasida sukut saqlashni ma’qul ko‘radi.
2. Xuey Ka YAN
Umumiy reytingdagi mavqei: 21-o‘rin.
Boyligi: 39,3 mlrd. dollar.
Klubi: «Guanjou Evergrand».
Yan - osiyolik asosiy sarmoyadorlardan biri. U asosan ko‘chmas mulk va qurilish sohasi orqali boylik orttirgan. Aytishlaricha, Xitoyda Ka Yanni juda yaxshi ko‘rishadi. Bunga uning kamtar va samimiyligi sababdir.
Deylik, Xuey janoblari XXI asr boshida (o‘shanda ham mamlakatning eng boy odami edi) jonajon shahri - Uxanda oddiy talabalarga menejment bo‘yicha saboq bergan.
3. Fransua PINO
Umumiy reytingdagi mavqei: 31-o‘rin.
Boyligi: 26,6 mlrd. dollar.
Klubi: «Renn».
Pinoning futbolga munosabati Orteganikiga o‘xshash. U o‘tgan asrning oxirgi yillaridan buyon Renn shahrining faxriy fuqarosi sifatida mahalliy klubni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Pino ayni payt Gucci, Yves Saint Laurent kabi ko‘plab brendlar egasidir. Fransua shuning barobarida kitoblar va musiqiy albomlar sotuvi bilan faol shug‘ullanadi.
4. Pol ALLEN
Umumiy reytingdagi mavqei: 35-o‘rin
Boyligi: 24,3 mlrd. dollar
Klubi: «Sietl Saunders»
Allen vaqtida Bill Geyts bilan hamorlikda Microsoft kompaniyasiga asos solgan, biroq keyinchalik og‘ir xastalik tufayli chetga chiqqan.
Muhimi, Pol o‘simta (rak) balosini yengib o‘tdi va endi Sietlda IT-sanoati hamda sport-ko‘ngilochar segmenti yo‘nalishida binoyidek pul topyapti. Avvaliga MBA va MFL klublariga sarmoya kiritgan bisnesmen ko‘p o‘tmay, MLS jamoasi aksiyalari nazorat paketini ham sotib oldi.
5. Lakshmi MITTAL
Umumiy reytingdagi mavqei: 44-o‘rin
Boyligi: 20,9 mlrd. dollar
Klubi: «KPR»
Hindistonlik milliarder sayyoramizning eng boy 50 nafar kishisi qatoriga ArcellorMittal kompaniyasi tufayli kirdi. Ha, metallurgiya sanoati Mittalga mislsiz daromad keltirmoqda.
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.