Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

No‘’mon Hasanov: “Bugun bizga omad yetishmadi”

No‘’mon Hasanov: “Bugun bizga omad yetishmadi”

Baho:
+ | -

Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanov va jamoa yetakchisi Javohir Sidiqovlar ishtirok etishdi.

No‘’mon Hasanov: - Bugun chiroyli o‘yin, jang bo‘ldi, deyishim mumkin. Futbolchilarga katta rahmat. Chunki ular barcha ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarishdi. Qo‘qondan kelgan muxlislardan uzr so‘rayman. Boisi ular yaxshi niyatlar bilan kelishgandi. Bugun yigitlar bor kuchlarini berib harakat qilishdi. Hali oldinda o‘yinimizlar ko‘p. Ishqibozlarimizni xursand qilamiz. “Buxoro” jamoasi yaxshi shakllangan. Tajribali futbolchilar to‘plangan. Buxorodan ochko olib ketish boshqa jamoalarga ham oson bo‘lmaydi. Bizda uchta golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. Ulardan foydalana olmadik. Bitta xato evaziga o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. 

Bugun biz yutqazmadik. Bizga omad yetishmadi. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bugungi xatolardan xulosa chiqaramiz.

Javohir Sidiqov: - Avvalo, chiroyli o‘yin bo‘ldi. Bugun “Buxoro”ga o‘z maydonida to‘p surgani ham yordam berdi. Lekin bu bahona bo‘la olmaydi. Chempionat bahslari hali oldinda. Biz o‘tgan yilgi natijalarni qaytarishga harakat qilamiz.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:39, 03.03.2018.
O'qildi: 2283 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик