Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

No‘’mon Hasanov: «Qizil kartochka o‘z ta’sirini o‘tkazdi»

No‘’mon Hasanov: «Qizil kartochka o‘z ta’sirini o‘tkazdi»

Baho:
+ | -

Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanov va yetakchi o‘yinlarimizdan biri Javohir Sidiqov ishtirok etishdi.

No‘’mon Hasanov: - Oldingi turda Buxoroda mag‘lubiyatga uchragan edik. O‘sha bahsda ham yomon o‘ynamadik. Lekin ikkinchi taymda gol o‘tkazib yubordik. Bu safar ham garchi safarda to‘p surgan bo‘lsak-da, g‘alaba qozona oldik. Bu hali hammasi emas. O‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz. G‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Ular bizni har doim qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda.

“Qizilqum” haqida gapiradigan bo‘lsam, yaxshi shakllangan jamoa. Tajribali futbolchilar bor “Qizilqum” safida. Navoiyliklarga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Hamid Aktamov yaxshi mutaxassis, o‘ylamanki jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladi.

Bugungi g‘alabadan qizil kartochka ham muhim ahamiyat kasb etdi. Teng kuchli jamoalar o‘rtasidagi bahsda bir kishi kam bo‘lib qolish mag‘lubiyat bilan tengdir.

Javohir Sidiqov: - Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Muxlislar shiddatli bahsning guvohiga aylanishdi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushgandi. Boisi, bu jamoalar oldingi turda mag‘lubiyatga uchrashgandi. Bizda g‘alaba bo‘lgan ishtiyoq kuchli edi. Jamoamiz hujumkor o‘yin namoyish etmoqda. Bugun ham ikkita hujumchi bilan maydonga tushdik va maksimal darajada to‘p surishga harakat qildik. Lekin bu hali hammasi emas. Yaxshi o‘yinlarimiz hali oldinda deb o‘ylayman.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 23:52, 08.03.2018.
O'qildi: 3519 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.