Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Nukusda oliy sport mahorati maktabi ochiladi

Nukusda oliy sport mahorati maktabi ochiladi

Baho:
+ | -

Vazirlar Mahkamasining 2.03.2018 yildagi 157-son “Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.
 
Nukus oliy sport mahorati maktabi Nukus shahridagi M.Jumanazarov ko‘chasida joylashgan va foydalanishga topshirilgan yangi sport majmuasi negizida tashkil etiladi. Maktabga byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi maqomi berildi. Byudjet mablag‘laridan tashqari maktab faoliyati ixtisosligi bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, homiylik xayriyalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo‘lishi mumkin.
 
Quyidagilar maktabning asosiy vazifalari etib belgilandi:

• sportning olimpiya va milliy sport turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘rsatkichlari, sport salohiyati, sportning tanlangan turi bo‘yicha professional ko‘nikmalar va mahoratga ega bo‘lgan iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlab olish;
• yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilar va malakali trenerlarni tayyorlash uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish;
• sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblarini to‘ldirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, zamonaviy bilimlarga ega trenerlar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, sportning olimpiya va milliy turlarini rivojlantirish;
• nazariy tayyorgarlik va texnik-taktik ko‘nikmalarni takomillashtirish, sportchilarning professional sifatlarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq terma jamoalarni tayyorlash darajasini oshirish;
• yetakchi xorijiy davlatlar, sport tashkilotlari va klublar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan sportchilar va trenerlar tarkibining kasb mahoratini oshirish yuzasidan Xitoy davlati tajribasidan foydalanish, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini shartnoma asosida jalb etgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilarining malakasini oshirish;
• trener-o‘qituvchilar malakasini oshirish, shu jumladan bolalar trenerlarini tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashadigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini joriy etish.
 
Joriy yilning 1 mayigacha trenerlar malakasini oshirish o‘quv xonalari va 100 o‘rinli mehmonxona binosining qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash nazarda tutilgan. Yil oxirigacha ko‘rsatilgan qurilish va jihozlash ishlari O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. 2019 yildan boshlab Davlat byudjetini shakllantirishda oliy sport mahorati maktabi ta’minoti uchun barcha zarur xarajatlar  Davlat byudjetini shakllantirishda nazarda tutiladi.
 
Hujjat 5.03.2018 yilda kuchga kirdi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 15:01, 09.03.2018.
O'qildi: 1744 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.