Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Farg‘onada “O‘FA Kubogi” bahslari bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada “O‘FA Kubogi” bahslari bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o‘zaro memorandum imzolagandi.

Ana shu memorandum asosida yurtimizdagi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Kubogi” musobaqalarini o‘tkazishga kelishib olingandi.

O‘FAning tasdiqlangan rejasiga asosan 5-9 mart kunlari Farg‘onada «O‘FA Kubogi»ning birinchi bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi to‘rtta Oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etishdi. Bular Farg‘ona davlat Univetsitetining “FarDU”, Farg‘ona politexnika institutining “FarPI”, Toshkent Axborot Texonologiyalari Universiteti Farg‘ona filialining “TATU” va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farg‘ona filialining “TTAFF” jamoalaridir.

Talabalar Farg‘ona futbol akademiyasiga qarashli maydonda o‘zaro ikki davrali tizimda kurash olib borishdi. Musobaqalar shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tib, unda talabalar o‘z mahoratlarini namoysh etishga harakat qilishdi.

O‘tkazilgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rin “FarDU” jamoasiga nasib etdi. Farg‘ona davlat universtiteti talabalari birinchi bosqich g‘olibi sifatida 2-bosqichga yo‘llanma olishdi. Endi ular Namangan va Andijon viloyatida birinchi o‘rinni olgan jamoalar bilan maydonga tushishadi.

“O‘FA Kubogi” bahslari orqali talabalar o‘z imkoniyatlarini chamalab olishlari bilan bir qatorda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ham ta’minlanmoqda.

«O‘FA Kubogi» Farg‘ona viloyati

1-bosqich yakunlari:
1-o‘rin FarDU
2-o‘rin FarPI
3-o‘rin TTAFF
4-o‘rin TATU

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:06, 09.03.2018.
O'qildi: 2105 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.