Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Bahodir Nasimov: «J.Koreya klubidan transferimni sotib oldim»

Bahodir Nasimov: «J.Koreya klubidan transferimni sotib oldim»

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumni Janubiy Koreyaning «Ansan Griners» jamoasida o‘tkazgan tajribali hujumchi Bahodir Nasimov faoliyatini yana O‘zbekistonda davom ettira boshladi.

Milliy termamizning sobiq hujumchisi «Buxoro» bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv klublarimiz an’anasiga mos tarzda bir yilga mo‘ljallangan.

Ta’kidlash joizki, Samarqand futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan hujumchi Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Janubiy Koreya klublarida legioner sifatida to‘p surishga ulgurdi.

Tabiiyki, bu borada u katta tajribaga ega. Biz Superligaga yangi rejalar bilan qaytgan Bahodir Nasimovdan intervyu oldik.

- Bahodir, biroz kutilmaganda Janubiy Koreya chempionatidan qaytib keldingiz. Adashmasam, klubingiz bilan amalda shartnomangiz ham bor edi. Bunday qarorga kelishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Darhaqiqat, «Ansan Griners»da yil yakuniga qadar shartnomam bor edi. Lekin klub rahbariyati bilan kelishgan holda bitimni bekor qildik. Bunga asosim yetarlicha. Eng katta sabablardan biri - «Ansan» murabbiyi meni o‘z pozisiyamda o‘ynatmadi.

O‘ng va chap qanot yarim himoyasi, hatto himoyada ham o‘ynadim. Sof hujumchi uchun bu ijobiy holat bo‘lmasa kerak. Natijada shartnomamni o‘zim sotib olishimga to‘g‘ri keldi. Ya’ni, 6-7 oylik maoshimdan shunchaki voz kechdim. Bunday holatda klubda qolib bo‘lmasdi.

- Demak, kelishuv siz tufayli bekor qilingani sabab endi qolgan maoshlaringizni ham ololmaysiz, shundaymi?

- Afsuski, ha. 2018 yilgi mavsum hisobidan olishim kerak bo‘lgan 7-8 oylik maoshimni Janubiy Koreya klubiga tashlab keldim. Agar u yerda qolib, murabbiyning barcha shartlariga ko‘nib o‘ynaganimda, maoshlarimni olardim. Lekin o‘z xohishim bilan shartnomani buzdim. Sodda qilib aytganda, transferimni sotib oldim.

- Summa kattamidi?

- Yo‘q, unchalik emas. Eng muhimi, ish ortiqcha muammolarsiz hal bo‘ldi. Men shundan xursandman. Agar J.Koreyada qolganimda, bir yillik faoliyatim behuda o‘tardi.

- Janubiy Koreyada o‘tkazgan mavsumingiz haqida nima deya olasiz? Ushbu chempionat variantini tanlaganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Aslo afsus chekmayman. O‘tgan mavsum umuman olganda, men va jamoam uchun yomon o‘tmadi. J.Koreya futbolida o‘ynab, ko‘p narsa o‘rgandim. Yana bir quvonarli holat shundaki, «Ansan Griners»ning ilk golini urish orqali klub tarixiga kirdim. Faqat murabbiy meni boshqa pozisiyalarda sinab ko‘rganini hazm qilolmadim.

- J.Koreyadan ketishingiz aniq bo‘lganidan ke-yin Superligamiz jamoalaridan takliflar tushdimi?

- Ha, shu zahoti «Buxoro» bilan muzokara boshladim. Bu jarayon ko‘p vaqt olmadi.

- Nima uchun aynan «Buxoro»?

- Meni qoniqtiradigan taklif bo‘ldi. Shartnomaning barcha bandlari ma’qul keldi. Qolaversa, jamoa tarkibidagi aksariyat futbolchilar bilan yaqin do‘st edim. Mashg‘ulotlardan so‘ng murabbiylar ham «Buxoro»da qolishimni so‘rashdi va bajonidil rozi bo‘ldim.

- Qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:05, 10.03.2018.
O'qildi: 5198 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.