Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Superliga: “Bunyodkor” “Paxtakor” ustidan g‘alaba qozondi

Superliga: “Bunyodkor” “Paxtakor” ustidan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Hozirgina “Bunyodkor” stadionida Toshkent derbisi nomini olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi chempionatning 2-tur doirasidagi dramatik uchrashuv yakuniga yetdi.

Birinchi bo‘limda "Paxtakor" faolroq bo‘ldi. Gonsalvesh, Bezerra bir qancha xafvli vaziyatlarda ishtirok etishdi, ammo ularga aniq yetishmadi.

30-daqiqada yana o‘sha Bezerra Masharipovning pasidan so‘ng juda qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasi ustun yonginasidan o‘tib ketdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Masharipov chap qanotda ikki raqibi orasidan chiroyli tarzda o‘tib ketdi va Abdurahimovga qulay to‘p oshirdi, ammo u yaqin masofadan noaniq zarba berdi.

Birinchi bo‘lim oxirlariga kelib maydon egalari birinchi xavfli vaziyat yaratishdi, ammo Qodirqulov qarshi hujumda to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi va to‘pga Sultonov birinchi yetib kelib, uni egallab oldi.

Ikkinchi bo‘lim debyutidayoq "Paxtakor" hisobni ochishi mumkin edi, Zuhurov darvoza chizig‘idan uzoqroqda to‘pni oldinga tepdi, to‘p Masharipovga tushdi va Jaloliddin uzoq masofadan uni to‘xtatmasdan bo‘sh davrozaga tepdi, gol bo‘lishi uchun yarim metr yetmadi.

63-daqiqada Bezerra o‘ng qanotda jarima maydonchasi ichiga to‘p oshirdi, Griffits bosh bilan uni darvozaga yo‘lladi. "Bunyodkor"ni goldan Zuhurovning seyvi saqlab qoldi.

65-daqiqada "Bunyodkor" hisobni ochgan edi, ammo bu vaziyatda hakam to‘p Shahzodbek Nurmatovning qo‘liga tegdi deb hisobladi va golni beor qildi.

Ammo "Bunyodkor" baribir o‘z golini urdi. 79-daqiqada Rustam Ashurmatov darvozabondan qaytgan to‘pni hotiram tarzda darvozaga kiritib yubordi.

Shundan so‘ng kutilganidek mehmonlar hujumga tashlandilar, ammo qarshi hujumda yana jazolanishlari mumkin edi.

Qo‘shib berilgan vaqtlar tugashiga 10 soniya qolganida "Paxtakor" penalti tepish ikoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo Jasur Hakimov penaltidan foydalana olmadi.

“Bunyodkor” – “Paxtakor” - 1:0 (0:0).

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 20186 tomoshabin.

Gol: R.Ashurmatov (79).

Hakamlar: SH.Qosimov (Toshkent), S.SHoyusupov (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), I.Xudaydatov (Toshkent).

"Bunyodkor": Murod Zuhurov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Rustam Ashurmatov, Anvar G‘ofurov, Akrom Komilov, Javlon Ibrohimov, Mirjamol Qosimov (Sardor Sobirxo‘jayev, 60), Xurshid G‘iyosov (Islom Qobilov, 85), Murodjon Toshmatov, Shahzodbek Nurmatov, Sanjar Qodirqulov (Davron Umirov, 46).

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A’zamov, Marko Simich, Farruh Sayfiyev, Dilshod Rahmatullayev (Azimjon Ahmedov, 82), Rostin Griffits, Tiago Bezerra, Bahrom Abdurahimov (Jasur Yaxshiboyev, 69), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh (Jasur Hakimov, 78).

Ogohlantirish: Javlon Ibrohimov (90+3).

Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Hakimov (90+3).

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:48, 10.03.2018.
O'qildi: 6854 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик