Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Ravshan Ermatov: "Bunday derbilar futbolning bezagi hisoblanadi"

Ravshan Ermatov: "Bunday derbilar futbolning bezagi hisoblanadi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Toshkent derbisi” sifatida e’tirof etiladigan “Bunyodkor” – “Paxtakor” (1:0) uchrashuvini bevosita stadionda kuzatib borgan FIFA referisi Ravshan Ermatovdan uchrashuv haqidagi taassurotlarini so‘radik.

-Ravshan aka, Siz bugun FIFA seminariga uchib ketishingiz kerak edi. Lekin Sizni “Bunyodkor” stadionida ko‘rib turibmiz...

-Ha, hozir “Toshkent derbisi”ni stadionda tomosha qilib, to‘g‘ri aeroportga ketyapman. Futbolimiz uyg‘onyapti, har bir uchrashuvni stadionga kelib tomosha qilish insonga katta zavq bag‘ishlayapti. Umuman futbolni yaxshi ko‘rgan odam bu mavsumda imkoniyati bo‘lsa albatta stadionga kelib futbol ko‘rsa, hech ham afsuslanmaydi.

-Bevosita “Toshkent derbisi” haqida fikrlaringiz...

-Bugun juda chiroyli futbol guvohi bo‘ldik. Bunday derbilar futbolni bezagi hisoblanadi va uni aynan shunday kurashlarga boy, halol ruhda o‘tganidan barcha muxlislar xursand bo‘lishdi.

Bunday o‘yinlar orqali muxlislar yana futbolga mehr qo‘yishadi va o‘zbek futboli to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganiga ishonishadi. Umuman olganda, Superliganing barcha o‘yinlari ana shunday ko‘tarinki ruhda o‘tayotganini ta’kidlab o‘tish kerak.

-Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Sherzod Qosimov haqida fikrlaringiz...

-Mavsum oldidan O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hakamlar bilan uchrashib, har bir uchrashuv adolatli, halol va eng muhimi sifatli hakamlik bilan boshqarilishi kerakligi va aynan shu yo‘l orqali biz muxlislarni stadionlarga qaytarishimiz kerakligi haqida aytib o‘tgan edilar.Bugun barchamiz bu so‘zlarni amalda qo‘llanilganini guvohi bo‘ldik.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:29, 10.03.2018.
O'qildi: 5589 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.