Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Umid Ahmadjonov yengilmas bokschimiz Sanjarbek Rahmonov bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov yengilmas bokschimiz Sanjarbek Rahmonov bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytda faoliyatini Amerika Qo‘shma Shtatlarida davom ettirayotgan professional bokschimiz Sanjarbek Rahmonov Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi. Bokschimizni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov qabul qildi.

Suhbat davomida Umid Ahmadjonov Sanjar Rahmonovning rejalari bilan qiziqdi. Bundan buyon Milliy olimpiya qo‘mitasi sportchi uchun kerakli barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

"Futbolda shunday tizim bor. O‘zbekistonlik sportchi xorij klubida o‘ynashiga qaramay, terma jamoa miqyosidagi o‘yinlarda bizga yordam berishi mumkin. Istaymizki, bokschilarimiz promouterlar bilan shartnoma tuzishidan oldin nufuzli xalqaro turnirlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilish bandini ham kiritsalar. Bunday holatda ularda ham amaliyot bo‘ladi, qolaversa O‘zbekiston boks terma jamoasida raqobat kuchayadi. Bugungi kunda AIBA qoidalarga o‘zgartirish kiritgan. Unga ko‘ra, professional bokschilar Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida o‘z terma jamoalariga yordam berishlari mumkin. Faqat, buning uchun bokschilar promouterlar bilan tuziladigan shartnomada ushbu bandni kiritishlari lozim bo‘ladi", - dedi Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari.

O‘z navbatida bokschimiz ham samimiy qabul uchun MOQ rahbariga minnatdorchilik bildirdi. Jahon arenalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga va’da berdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati fursatdan foydalanib bokschi bilan intervyu uyushtirdi. Yaqin kunlarda ushbu eksklyuziv intervyuni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Ma’lumot uchun, Sanjarbek Rahmonov ayni paytda afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib bormoqda. U professional ringda 11ta jang o‘tkazgan va shularning 10tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda esa durang qayd etgan. U janglarning 5tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etganini alohida qayd etib o‘tishimiz lozim.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:16, 10.03.2018.
O'qildi: 4025 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.