Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

La-Liga. «Barselona» safarda ishonchli g‘alabaga erishdi

La-Liga. «Barselona» safarda ishonchli g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionati 28-turi doirasidagi «Malaga» - «Barselona» uchrashuvi o‘z poyoniga yetdi. Kataloniyaliklar Inyesta, Messi kabi yetakchilarisiz o‘ynashgan bo‘lsada uchrashuv taqdirini o‘zlariga ijobiy tarzda hal eta olishdi.

Dastlab 15-daqiqada Xordi Albaning havodan uzatilgan chiroyli pasini Suares boshi bilan zarba berib golga aylantirdi.

28-daqiqada Usmon Dembele oshirgan to‘pni Filippe Koutinyo darvozaga oraqasi bilan turishiga qaramay ayyorona zarba bilan golga aylantirdi – 0:2. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, 30-daqiqada «Malaga» futbolchisi Samu Garsiya Xordi Albaga butsasining tag qismi bilan juda jiddiy tarzda tashlandi va bu harakati uchun qizib kartochka olib maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limda «Barselona» kuch saqlash maqsadida asosiy e’tiborini to‘p nazoratiga qaratdi va albatta, kezi kelganda raqib darvozasiga xavf solib ham turdi.

Biroqhar ikki jamoada ham yetarlicha vaziyatlar bo‘lishiga qaramay, 0:2 hisobi o‘zgarmay qoldi va kataloniyaliklar o‘z hisobiga navbatdagi uch ochkoni qo‘shib qo‘yishdi.

Malaga – Barselona 0:2 (0:2)

10 marta, «La Rosaleda»

Gollar: 0:1 – 15 Suares, 0:2 – 28 Koutinyo.

Malaga – Roberto, Ernandes, Rikka, Rosales, Mikel, Samu, Iturra, Lasen, Chori Kastro (Lestyenn, 61), Rolan (Saksess, 78), En-Nesiri (Ideye, 78).

Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba (Din, 77), Serdji Roberto (Andre Gomesh, 74), Paulinyo, Buskets, Koutinyo, Rakitich, Dembele (Aleish Vidal, 85), Suares.

Ogohlantirishlar: Iturra (49), Suares (84).

Chetlatish: Samu (30).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:37, 11.03.2018.
O'qildi: 13436 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик