Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

G‘ururi baland orol yoxud Jersi futboli UYEFA tarkibiga qo‘shilmoqchi

G‘ururi baland orol yoxud Jersi futboli UYEFA tarkibiga qo‘shilmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropa futbol ittifoqi 26 fevral kuni o‘zining navbatdagi Kongressida tarixiy qaror qabul qilib, a’zolari sonini 56taga yetkazishi mumkin edi.

Biroq mittigina Jersi oroli futboli rahbariyatining arizasiga ijobiy javob berilmadi. Chunonchi, La-Mansh bo‘g‘ozidagi bu orolcha BMT tomonidan tan olingan mustaqil mamlakat hisoblanmaydi.

Geografiya darsi

Jersi - La-Mansh bo‘g‘ozidagi orolcha. U Normandiya orollari tarkibiga kiradi. Hududi - 116 km|kvadrat. Aholisi - 100 ming kishi. Jersi Fransiya sohillariga juda yaqin.

Oradagi masofa atigi 20 kilometr. Vaholanki, orol Britaniya qirolligi mulki hisoblanadi. Biroq deylik, Angliya qirg‘oqlaridan naq 150 kilometr uzoqda joylashgan.

Siyosiy tuzilma

Ha, Jersi oroli Buyuk Britaniyaning muayyan qismi sanalmasada, shu qirollik tasarrufida. Lekin orolda o‘z hukumati, vazirliklari bor. Xullas, jersiliklar qonunlarni mustaqil ravishda qabul qiladilar, soliq tushumlarini o‘z ehtiyojlariga sarflaydilar. Shunga qaramay, orolning asosiy rahbari tayin - Buyuk Britaniya qirolichasi.

Umuman, Britaniya hukumati Jersining muhofazasi va xalqaro ishlariga javobgardir. Jersi futboli rahbarlari UYEFA tarkibiga kirish uchun «zayavka» berishda ayni shu nisbatan mustaqil tuzumni asos qilib olishgandi. «Bizda alohida parlament, hukumat, qonunlar va soliq tizimi ishlayapti», - dedi Jersi futbol assosiasiyasi boshlig‘i Fil Ostin.

Biroq bu UYEFA oilasining teng huquqli a’zosi bo‘lish uchun kam. Zero, Yevropa futbolining oliy organi 2007 yili o‘z Nizomiga tuzatishlar kiritgandi. Yangi qoidalar bo‘yicha UYEFA faqat BMT tomonidan tan olingan mustaqil mamlakatlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.

Aslida UYEFA tarkibida yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq kelmaydigan a’zolar ham bor. Misol uchun, Farer orollari va Gibraltar mustaqil davlat emas, biroq har ikkisi UYEFA oilasiga Nizom o‘zgartirilganidan oldin qo‘shilgan.

Yana bir tomoni borki, Jersi boshqa sport turlarida mustaqil qatnashmoqda. Deylik, orolning kriket terma jamoasi 2015 yili nufuzli xalqaro turnir final «pulka»siga chiqqandi.

Futbol holati

Orol oliy ligasida 13ta jamoa bor (aholi soniga nisbatan olganda, ancha ko‘p). Shuning barobarida Jersi terma jamoasi muntazam ravishda Orol o‘yinlari turnirida ishtirok etadi. 2 yilda bir marta tashkillashtiriladigan bu musobaqada aynan qaysidir jihatdan mustaqil sanalgan mitti hududlar jamoalari qatnashadi.

Darvoqe, keyingi turnir (Orol o‘yinlari-2019)ga Jersi jamoasi bormaydi. Chunki unda futbol musobaqasi bo‘lmaydi (mezbon - Gibraltarda buning uchun shunchaki, maydonlar yetishmaydi). Jersi jamoasi shuningdek, oldinlari Gibraltar, Farer, Bermud va Kayman orollari termalari bilan doimiy ravishda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazardi.

Biroq ular FIFA va UYEFA tarkibiga kirgach, jersiliklar munosib sparring-raqiblarni yo‘qotishdi. Endilikda orolliklar ba’zan Fransiya va Buyuk Britaniya klublari bilan kuch sinashishmoqda.

E’tiborlisi, Jersi futbol assosiasiyasi bitta klubni Angliya quyi divizionlaridan biriga joylashtirishga ham urindi. Ammo bu g‘oya samarasiz ko‘rindi. Birinchidan, masofa uzoq va har bir safar o‘yini 200 km. yo‘l bosishni talab etadi.

Qisqasi, bu moddiy tomondan juda og‘ir. Ikkinchidan, oroldagi eng kuchli futbolchilarni bitta klubga jalb qilishganida, hudud chempionati tanazzulga uchrashi hech gap emasdi.

Mashhur futbolchilar ham bormi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 11.03.2018.
O'qildi: 5017 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.