Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Karlush Keyrush: «O‘sha gap – Messi o‘zga sayyoralik…»

Karlush Keyrush: «O‘sha gap – Messi o‘zga sayyoralik…»

Baho:
+ | -

27-28 fevral kunlari Sochida JCH-2018 ishtirokchi jamoalari vakillari uchun tashkillashtirilgan seminarda Eron milliy termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush ham qatnashdi.

Marosim yakunida FIFA.com sayti ijodkorlari portugaliyalik mutaxassisni bezovta qilib, maxsus intervyu olishdi.

Bilasiz, forslar aynan portugaliyalik murabbiy boshqaruvida qatorasiga ikkinchi marta mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Aytish joiz, Eron futboli tarixida bunday muvaffaqiyat ilk marta kuzatildi.

- Eron milliy jamoasi 4 yilcha oldin sizning boshqaruvingizda JCH-2014 final bosqichida maydonga tushgandi. Eng muhimi, forslarni 8 yillik tanaffusdan so‘ng yana mundial sari boshlagan edingiz.

Mana, jamoangiz navbatdagi JCH saralashini yanada muvaffaqiyatli o‘tkazib, Osiyoda birinchi bo‘lib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Xo‘sh, Eron termasi oldiga qanday vazifalar qo‘yilmoqda, bosim yo‘qmi?

- Hozir jamoa qudrati sezilarli darajada oshgani aniq. Braziliyada olingan bebaho tajriba, bir qator o‘yinchilarning Yevropada to‘p surishayotgani evaziga jamoada barqarorlik qaror topdi, raqobat kuchaydi.

Ta’kidlash joizki, bu safar saralash bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladik, darvozamizdan atigi 2 marta to‘p o‘tkazib yubordik. FIFA reytingi bo‘yicha Osiyoning eng kuchli jamoasi bo‘lib turibmiz.

To‘g‘ri, qit’a miqyosidagi o‘yinlar va xalqaro uchrashuvlar o‘rtasida katta farq bor. Lekin jamoamizda uyushqoqlik oshganligiga shubha yo‘q. Xullas, Rossiya mundialida muayyan aniq maqsadni ko‘zlaymiz.

- Ya’ni...

- Avvalo, «pley-off» bosqichiga chiqishimiz kerak. Ha, guruh raundida g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan sanalgan Ispaniya va Portugaliya termalariga qarshi maydonga tushamiz.

Shunday bo‘lsada, o‘z imkoniyatlarimizdan balandroq sakrashga urinamiz. Taraqqiyot uchun navbatdagi qadamni tashlash shuni talab qiladi. Bu qadam nafaqat JCH, balki keyingi qit’a musobaqalari va kelgusi saralash kampaniyasi uchun ham juda muhim.

- «Portugaliya futboliga qarshi turish» iborasidan xijolat chekmayapsizmi?

- Yo‘q, «Ispanlarga qarshi to‘p surish, portugallar bilan bellashish» qabilida gapirishni xush ko‘raman (kuladi). Ha, Portugaliya farzandiman. Ammo guruhdagi vaziyatga salmoqli ta’sir etadigan bu bahs shogirdlarim kabi men uchun ham muhim ahamiyatga ega.

O‘sha «duel», shuningdek, Ispaniya va Marokash termalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarni katta qiziqish, sabrsizlik bilan kutyapman. O‘ylaymanki, guruhimiz doirasidagi har bir o‘yin qiziqarli tus oladi.

- Krishtianu Ronaldu o‘yinlarini uni zararsizlantirish yo‘lini topishi shart bo‘lgan murabbiyi sifatida kuzatish qanday ekan?

- Albatta, tarkibida shunday kuchli o‘yinchisi bor jamoaga qarshi to‘p surish oson emas. Axir gap dunyoning eng kuchli futbolchisi haqida ketmoqda.

Biroq hakamning start hushtagi chalinishi bilan barcha o‘y-xayollar ikkinchi darajaga o‘tadi. Maydonda qaysi jamoa ishonchliroq harakatlanib, yuqori saviyani ko‘rsatsa, g‘alaba unga nasib etadi. Futbolning oddiy haqiqati shu.

- Umuman, vaqtida Ronaldu bilan birga ishlagansiz. O‘sha davr taassurotlari nechog‘li yorqin?

- Bunday hamkorlikni unutib bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Ayniqsa, «MYU» klubi va Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatim hamon ko‘z o‘ngimda. Lekin oradan ancha yillar o‘tdi.

JAR mundiali ham o‘tmishda qoldi. Shu tariqa faoliyatimda men uchun bosh-qa Ronaldular paydo bo‘lishdi. Bunda Alirizo Jahonbaxsh, Rizo Gujannajot va Ali Karimi kabi shogirdlarimni nazarda tutyapman.

Oldimizga qo‘yilgan rejalarni ro‘yobga chiqarish uchun bor e’tiborimni shu yigitlarga qaratishim, tinmay ishlashim kerak.

- Buyuk futbolchilar mavzusini davom ettiramiz. Braziliyada jamoangiz Lionel Messini qo‘riqlashga jiddiy e’tibor qaratgan bo‘lsada, uni butunlay zararsizlantirishni uddalay olmagandi...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:33, 13.03.2018.
O'qildi: 8037 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.