Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Nasaf” futbolchilari bugun Xaviga qarshilik ko‘rsatishadi

“Nasaf” futbolchilari bugun Xaviga qarshilik ko‘rsatishadi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidagi 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib juda jiddiy. Qarshida mag‘lubiyatga uchragan raqibimiz, bu safar o‘z maydonida o‘ynaydi. Bu ham raqibimizga ustunlik beradi.

Ammo “ajdarlar”ni har qanday raqib bilan murosasiz kurasha olishini hisobga olsak, mezbonlarga ham oson bo‘lmaydi. Jamoamiz bu o‘yinga ham ruhan, ham jismonan tayyor. Futbolchilarimizning kayfiyati ham ko‘tarinki. Qolaversa, o‘tgan o‘yinlarda jamoamizga yordam bera olmagan, legioner hujumchimiz Dragan Cheran o‘z jamoadoshlariga yordam berishga tayyor.

Uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Doha shahrida keyingi ikki kunda, bizga nisbatan havo harorati ancha yuqori. Ammo kechki payt aynan futbol uchun qulay ob-havo hukm surmoqda.

“Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi. Uchrashuv “Sport” telekanali orqali 20:10dan boshlab namoyish etiladi.

OCHL-2018. “S” guruhi, 4-tur

“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al Sadd” (Qatar)

13.03.2018. Doha, “Jassim Bin Hamad” stadioni. 20:15da

Bosh hakam: Axmad Al Kaff (Ummon)

Qanot hakamlari: Abubakr Alamri (Ummon),  Rashid Al Gayti (Ummon)

To‘rtinchi hakam: Qosim Al Xatmi (Ummon)

Nazoratchi: Viktor Kulbakov (Qirg‘iziston)

Komissar: Abdulg‘affor Abdulxamad (Maldiv orollari)

Bu uchrashuvni hamma intizorlik bilan kutmoqda. “Nasaf”ning keyingi yillardagi mazmunli o‘yinlari millionlab yurtimiz ishqibozlarini o‘ziga rom etdi. Bugun ham yigitlarimiz ana shunday muxlisbop, chiroyli o‘yin ko‘rsatadi. Bunga ishonchimiz komil.

Futbolchilarimiz o‘zimizning ishqibozlarni qo‘llab-quvvatlashlarini his etib turishibdi. Bu albatta yigitlarimizga qo‘shimcha kuch beradi.  

Keling, Siz aziz muxlislar nomidan jamoamizga omad tilaymiz. Olg‘a “Nasaf”!

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:32, 13.03.2018.
O'qildi: 5169 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик