Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Arda Turon uylandi (foto)

Arda Turon uylandi (foto)

Baho:
+1 | -1

Unashtiruv marosimida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning rafiqasi Omina Erdo‘g‘on ham qatnashishdi. Mehmonlar orasida Arda va Aslixonning yaqinlari, do‘stlari bor edi. Bu haqda turkiyalik futbolchi «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Arda va Aslixonning munosabatlari ikki yarim yillik tarixga ega. Nihoyat ular bir oila bo‘lishdi. Ammo yoshlar dabdabali to‘y qilishni istashmadi. Bunga Turkiya milliy terma jamoasi futbolchisi Suriyaning Afrin shahri hududida 2018 yilning 20 yanvaridan buyon davom etayotgan «Zaytun novdasi» harbiy operasiyasidan aziyat chekayotganlar haqqi hurmati bois shunday qarorga kelishganini aytib o‘tdi.


Arda Turon «Barselona»ga 2015 yilda 34 million yevro evaziga transfer qilingandi. Ammo kataloniyaliklar uchun debyut uchrashuvini olti oy kutishga majbur bo‘ldi. Yangi yoshlarni tarkibga jalb qilishda noqonuniyliklarga aralashgani sababli klub FIFAning taqiqloviga duchor bo‘lgan edi.

30 yoshli futbolchi katalon klubi safida 55 uchrashuvda maydonga tushdi. Transfer narxi va maoshini qo‘shib hisoblaganda, klub futbolchiga har bir o‘yini uchun 1 million yevro to‘lagan.

Joriy mavsumda ko‘k-anorranglilar libosida biror daqiqa ham o‘ynamagan turkiyalik futbolchi «Barselona»dan «Istanbul» safiga kelib qo‘shildi. Hozirgacha milliy chempionatda 5 o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifi bo‘ldi.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 11:30, 13.03.2018.
O'qildi: 19299 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик