Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Oliver Kanning akademiyasi ijrochi direktori va menedjeri yurtimizga tashrif buyurishadi

Oliver Kanning akademiyasi ijrochi direktori va menedjeri yurtimizga tashrif buyurishadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda futbolni yuqori bosqichga olib chiqish, futbolni rivojlantirishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish borasida xorij tajribasidan keng qamrovli foydalanish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuv chog‘ida yurtimizga Yevropaning kuchli akademiyalari vakillarini olib kelish va ularning tajribasini o‘rganish borasida yordam berishni so‘ragan va FIFA prezidenti bu borada amaliy yordam berishga va’da qilgandi.

Ana o‘sha va’daga ko‘ra, joriy yilning 18 mart kuni Germaniyaning afsonaviy darvozaboni, Yevropa chempioni va Jahon chempionati kumush medali sovrindori Oliver Kanning akademiyasi ijrochi direktori va menedjeri yurtimizga tashrif buyurishadi.

“Oliver Kan akademiyasi” Germaniyada asosan darvozabonlar tayyorlash yo‘nalishida faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, Germaniyaning 8 karra chempioni hisoblangan Oliver Kanga qarashli akademiyada darvozabonlar murabbiylarini tayyorlash, seleksiya ishlari, transfer masalalari bo‘yicha ham ta’lim beriladi.

18 mart yakshanba kuni “Oliver Kan akademiyasi” ijrochi direktori Moris Mattes  va akademiya menedjeri Robert Niyemann  O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.

Tashrif davomida germaniyalik mutaxassislar O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbatlashishadi. Undan tashqari, Moris Mattes O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yurtimizdagi darvozabonlar murabbiylari uchun seminar o‘tkazadi.

Shuningdek, nemis mutaxassislari “Paxtakor” va “Bunyodkor” stadionlarida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishishadi. Bundan tashqari, Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” AGMK uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilishadi.

Shu yilning aprel oyida germaniyalik afsonaviy darvozbon Oliver Kanning o‘zi ham O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:44, 16.03.2018.
O'qildi: 2177 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.