Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Umid Ahmadjonov Namanganda yangi mavsum ochilishida ishtirok etdi

Umid Ahmadjonov Namanganda yangi mavsum ochilishida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Namangan viloyatiga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun Umid Ahmadjonov Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan oldin mavsumning ochilish marosimida ishtirok etdi. Namangandagi “Markaziy” stadioniga aslida 21913 nafar muxlis sig‘ishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Lekin bugun stadionga 25300 nafar muxlis tashrif buyurdi. Katta futbolni sog‘ingan muxlislar sevimli jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun tribunalar zinalari, uning atroflaridan joy olishdi.

Ochilish marosimida Umid Ahmadjonov bilan birga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov, Namangan shahri hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi.

Umid Ahmadjonov so‘zga chiqib, stadionga yig‘ilgan muxlislarni yangi mavsum bilan, “Navbahor” klubining 40 yilligi bilan tabrikladi. Namanganlik muxlislarni futbolni juda ham sevishlarini alohida e’tirof etib, ishqibozlar mana shunday stadionlarni to‘ldirib, sevimli jamoalariga muxlislik qilib o‘tirishlari boshqa muxlislarga ham o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi. Jamoaga ushbu mavsumda omad va muvaffaqiyat tiladi.

Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va adolatli qarorlar uchun namanganlik muxlislar nomidan alohida minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng, Umid Ahmadjonov viloyat hokimiga sovg‘a sifatida ramziy Kubokni topshirdi. Shuningdek, muxlislar bilan ishlashdagi faollligi uchun “Navbahor” futbol klubi muxlislar sardori Farxod Umaraliyevga ham sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, uchrashuvga start berildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:43, 17.03.2018.
O'qildi: 2939 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.