Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

FUTBOL TV telekanali muxlislari uchun ajoyib xushxabar!

FUTBOL TV telekanali muxlislari uchun ajoyib xushxabar!

Baho:
+ | -

Ko‘plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e’tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

Endi FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin

Yurtimiz futbol muxlislariga yaxshi ma’lum, 2017-yilning aprel oyidan O‘zbekistonda ilk bor futbolga ixtisoslashgan FUTBOL TV telekanali o‘z faoliyatini boshladi. Bugungi kungacha telekanal Yevropaning eng nufuzli – YECHL, YEL, APL va La-Liga kabi futbol musobaqalari shuningdek, futbolga ixtisoslashgan teleko‘rsatuvlarini xalqimiz e’tiboriga havola etib kelmoqda.

O‘tgan davr mobaynida tomoshabinlar fikr mulohazalari telekanal xodimlari tomonidan muntazam tarzda o‘rganib borildi. Ko‘plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e’tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

FUTBOL TV telekanali tomoshabinlari uchun uch asosiy yangilik yaratildi.

Birinchidan: DVB-T (birinchi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalinib kelgan tomoshabin endilikda o‘z qurilmasida “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin. Avval birinchi avlod tyunerlarida bunday imkoniyat bo‘lmagani va bu o‘z o‘rnida ba’zi noqulayliklarni keltirib chiqarganini ta’kidlab o‘tish lozim.

Ikkinchidan: FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish uchun DVB-T2 (yangi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalanayotgan tomoshabin “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV HD telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin.

Uchinchidan: FUTBOL TV telekanali endi kunduzi soat 10:00 dan kechasi soat 3:00 gacha efirga chiqadi.

Shuni qo‘shimcha qilish kerak, telekanal mutasaddilari muntazam tarzda muxlislardan kelib tushayotgan fikr va takliflarni kuzatib, ularni o‘rganib chiqmoqda. FUTBOL TV telekanali kelajakda ham xalqimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida mehnat qilishda davom etadi.

FUTBOL TV telekanalida syurprizlar mavsumi davom etadi!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:18, 18.03.2018.
O'qildi: 17802 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.