Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Bir bo‘lim orqali yoxud Bafetimbi Gomis ijrosidagi namunali o‘yin haqida

Bir bo‘lim orqali yoxud Bafetimbi Gomis ijrosidagi namunali o‘yin haqida

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» muxlislari klub tarkibida muntazam top-forvardlarni ko‘rishga odatlanishgan. Turkiyaliklar yaqin-yaqingacha Didye Drogba harakatlaridan hayratlanishardi, endi esa Bafetimbi Gomisni ko‘klarga ko‘tarishmoqda.

Fransiyalik hujumchi «Galatasaroy» safiga o‘tgan yozda qo‘shildi. U turk diyoriga yo‘l olishidan avval «Marsel»da bir mavsum ajo-yib tarzda o‘ynagandi - Liga 1da 20ta gol.

Turkiya elit divizioni finishiga hali ancha bor, Gomis esa avvalgi natijasini yaxshilashga ulgurdi. U ayni payt mahalliy Super-liga to‘p-urarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.

U 24-tur o‘yinida «Galatasaroy» safida 23-marta maydonga tushib, 28 daqiqa ichida «poker» qayd etdi va gollari sonini 24taga yetkazdi (shundan atigi 3tasini penaltidan urgan).

Bafetimbi shuningdek, chempionatning o‘zida 6ta gol assistentiga aylandi.

Avvalo, Gomisga bog‘liq bir necha qiziqarli va muhim faktlarga e’tibor qaratish joiz:

1). Gomis 2017 yilning yanvarida Fransiya chempionatidagi gollari soni bo‘yicha kimsan Zlatan Ibragimovichdan o‘zib ketdi. Shved hujumchisi Liga 1dagi faoliyatini 113ta gol marrasida to‘xtatgan bo‘lsa, qahramonimiz undan 2ta ko‘p urdi.

Biroq «Marsel» klubi «Suonsi»dan ijara sharti bo‘yicha olingan to‘purar hujumchi transferini sotib olmadi (tomonlar maosh masalasida kelisholmadilar). Natijada Gomis Turkiya futboliga yuz tutdi.

2). Gomisning katta futboldagi eng yaxshi davri «Lion»da o‘tdi. Hujumchi «Suonsi»ga aynan «to‘quvchilar» safidagi yorqin o‘yinlari evaziga qo‘shilgandi. Biroq Angliyada Bafetimbining ishlari yurishmadi.

Vaholanki, u tumanli o‘lkaga safari oldidan yangi sheriklarini yaxshiroq bilish uchun Football Managerda o‘ynagandi. Ammo real futbol boshqa-da, baribir. Umuman, Turkiya Gomis uchun futbol masalasida omad keltirgan yagona xorij mamlakatidir.

3). Turkiyada chempionati davom etyapti, ammo Gomis hozirning o‘zida «Galatasaroy»da bitta mavsum mobaynida eng ko‘p gol urgan futbolchi maqomini olib ulgurdi.

Braziliyalik Jardel mavsum-2000|2001da raqiblar darvozasini 22 bora ishg‘ol qilib, klub rekordini o‘rnatgandi. Xullas, 32 yoshli Gomis eng yuqori natijani yangilab, 3,5 million yevroga teng yillik maoshini to‘la oqladi.

 «Galatasaroy» Turkiya chempionati 24-turida autsayder «Qorabuyukspor»­ni qabul qilib, bechora mehmonlarni 7ta javobsiz gol bilan siyladi. Shundan 4tasi Bafetimbi Gomis nomiga yozildi. E’tiborlisi, u barcha gollarini birinchi bo‘lim, aniqrog‘i, 5-33-daqiqalar oralig‘ida nishonladi.

Fransiyalik hujumchi shu tariqa Turkiya ligasining yangi asrdagi tarixida bir bo‘lim davomida «poker»ga erishgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Boshqacha aytganda, tarixga kirdi. To‘g‘ri, Bafetimbida jiddiy muammosi ham bor va bu azaliy: ba’zan o‘yin chog‘i qo‘qqisdan hushuni yo‘qotadi.

Deylik, «Lion»da o‘ynagan vaqti 3 marta shunday noxush holatga tushgandi. Ke-yinchalik Angliyada «Tottenxem»ga qarshi kechgan o‘yinda ham hushini yo‘qotib maydonga yiqildi va uni zambilda olib chiqishdi.

Eng achinarlisi, Gomis Turkiyada ham ko‘ngilsizlikka uchradi: «Qosimposho» bilan uchrashuvning 7-daqiqasidayoq hushini yo‘qotib, «Galatasaroy» fanatlarini biroz cho‘chitdi. Nega biroz?

Gap shundaki, Gomis sal turib o‘ziga keldi va hech narsa bo‘lmagandek o‘yinni davom ettirdi. Faqat bir tomoni o‘xshamadi: «Galatasaroy» o‘sha bahsda mag‘lubiyatni tan oldi. Muhimi, ayni payt hujumchi o‘zini juda yaxshi sezmoqda. Bunga tinmay gol urayotgani dalolatdir.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:26, 18.03.2018.
O'qildi: 1518 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.