“RB Leypsig” klubi hujumchisi Timo Verner Bundesliganing 27-tur doirasida “Bavariya” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda (2:1) gol muallifiga aylandi.
Germaniyalik 22 yoshli forvard Bundesligada 20 yanvar kunidan beri, aniqrog‘i ketma-ket 7 o‘yinda gol ura olmay kelayotgandi.
Vernerning Germaniya chempionatidagi golsiz seriyalari 543 daqiqaga yetib qolgan bo‘lib, u joriy mavsum 25 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta to‘p kiritgan.