Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yo‘l charchog‘i bugungi o‘yinga ta’sir etishidan xavotirda edim»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yo‘l charchog‘i bugungi o‘yinga ta’sir etishidan xavotirda edim»

Baho:
+ | -

“Qizilqum” – “Nasaf” (1:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

- Xabaringiz bor bugungi bellashuvga OCHL musobaqasida  uzoq safardan qaytib, Navoiyga kelgandik. Ochig‘ini aytaman, yo‘l azobi bugungi bellashuvimizga ta’sir o‘tkazishidan biroz xavotirda edim. Shu bois tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldim.

Lekin shogirdlarim o‘zlarida kuch topa olishdi va g‘alaba uchun kurashishdi. Taktik ko‘rsatmalarimizni ham to‘g‘ri bajarishdi va shuning evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Ushbu o‘yindan keyin jamoamizga qisqa tanaffus e’lon qildik. Tarkibimizdagi bir qator futbolchilar olimpiya terma jamoasiga yo‘l olishadi...

-Dragan Cheran Qatardagi o‘yinda jarohat olib maydonni tark etgandi. Bugun tarkibda umuman ko‘rinmadi?

-Dragan o‘sha o‘yinda jarohatini yangilab oldi. Hozir davolanish bilan band. Rejamiz bo‘yicha OCHL o‘yiniga qadar safimizga qaytishi kerak.

-Bugungi raqib “Qizilqum” haqida qanday fikrdasiz?

-Juda tajribali jamoa. O‘tgan ikki turdagi mag‘lubiyat bularga qattiq ta’sir qilgani aniq edi. Shu bois bugun bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Qaysidir ma’noda omadimiz ham keldi.

Chunki ular yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanganda, hisob boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Jamoa yuqorida aytganimdek ancha tajribali.

Bugun Gevorkyan ham jarohatdan qaytib, ilk marta maydonga tushdi. Jamoaning g‘alabali o‘yinlari oldinda, deb o‘ylayman.

Manba: www.fcqizilqum.uz
Kiritildi: 01:31, 19.03.2018.
O'qildi: 3417 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик