Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Senegal – O‘zbekiston uchrashuvi soat 21:30da boshlanadi, "Sport TV" o‘yinni jonli translyasiya qiladi

Senegal – O‘zbekiston uchrashuvi soat 21:30da boshlanadi, "Sport TV" o‘yinni jonli translyasiya qiladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Marokashning Kasablanka shahrida Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Shuningdek, bugun Andijonda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniyaga qarshi bahs olib boradi.

Marokashdagi o‘yin avval boshda Toshkent vaqti bilan soat 22:00ga belgilangandi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mahalliy muxlislarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, Keniyaga qarshi uchrashuvni soat 20:00ga belgilagandi. Bu holat teletomoshabinlar uchun ham qulay edi. Sababi muxlislar Olimpiya terma jamoamizning Keniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini yakuniga yetishi bilan “Sport TV” telekanali orqali Marokashda bo‘ladigan Senegalga qarshi o‘yinni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishardi. Ammo bugun Marokash tomoni Senegal – O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yini boshlanish vaqtini o‘zgartirib, mahalliy vaqt bilan soat 16:30ga, Toshkent vaqti bilan esa soat 21:30ga belgiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining nufuzi yuqoriligi va JCH-2018 ishtirokchisi bo‘lgan Senegalga qarshi o‘yinning ahamiyatidan kelib chiqqan holda, “Sport TV” telekanali Olimpiya terma jamoamizning Keniyaga qarshi uchrashuvi tugashiga yarim soat vaqt qolganda Marokashdagi o‘yinga ulanadigan bo‘ldi. O‘zbekiston OTJ – Keniya OTJ ishtirokidagi o‘yinni esa muxlislar ertaga “Sport TV” orqali takroriy efirda to‘liq tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:44, 23.03.2018.
O'qildi: 4238 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик