Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Futbolchi sifatida aytarli yutuqqa erishmagan sovrindor murabbiylar (fotogalereya)

Futbolchi sifatida aytarli yutuqqa erishmagan sovrindor murabbiylar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Bu safargi fotojamlanmamiz o‘ziga xos ramziy jamoa ko‘rinishida. Futbol olamida o‘yinchilik faoliyati davomida hech qanday karomat ko‘rsatolmagan, murabbiy rolida esa chinakam mashhurlikka erishganlar juda ko‘p.

Yorqin misol - Joze Mourinyo. Xullas, quyidagi ramziy jamoa «Noshud futbolchi - zo‘r murabbiy» tushunchasiga rosa mos keladi.

Muhimi, soccer.ru sayti ijodkorlari bu jamoani shakllantirishda har bir nomzodning futbolchilik paytidagi ampluasini inobatga olishgan, albatta.

Darvozabon - Leonid SLUSKIY (Rossiya). Rossiya zamonaviy murabbiylik maktabining eng yorqin vakillaridan biri tarixi ko‘pchilikka ma’lum.

Vaqtida yosh golkiper Leonid qo‘shni qiz mushukchasini quvib, terak uchiga chiqqan va yiqilib tushgan. Natijada tizzasi sinib, futbolchilik faoliyati xotima topgan...

Himoyachi - Roy XOJSON (Angliya). Qariya murabbiy vaqtida deyarli professional himoyasi sifatida to‘p surgan. Biroq uning hisobida faqat «Ebbsflit Yunayted» kabi klublar safidagi o‘yinlar bor, xolos. Shunday ekan, Roy bobo bu tarkibga to‘liq mos keladi.

To‘g‘ri, u va yarim himoyaning o‘ng qanotiga qo‘-yilgan Joze Mourinyo joyini almashtirish ham mumkin. Aytishlaricha, hozirgi «Benazir» har ikki pozisiyada birdek noshud ko‘ringan ekan.

Himoyachi - Arsen VENGER (Fransiya). Qarang-a, Venger va Mourinyo bitta tarkibda! Yosh Arsen himoyada qanday to‘p surgan? Xuddi hozirgi shogirdlari «Arsenal»ning eng yomon o‘yinlarida sust harakatlanishgani kabi...

Insof yuzasidan aytish kerak, Venger ushbu jamoaga tushgan aksariyat hamkasblaridan farqli ravishda, professional futbolchi maqomini olgan, ammo juda-juda yomon o‘ynagan.

Har holda, yaxshi futbolchi deyarli butun faoliyati davomida zaxirada o‘tirmaydi. Darvoqe, Venger ilk professional shartnomasini 24 yoshga to‘lganidagina tuzgandi.

Himoyachi - Rafael BENITES (Ispaniya). «Real»ning ashaddiy fanati «Kastilya» safida uzoq o‘ynagan. Aslida Rafa professional himoyachi sifatida ham nom qozonishi mumkin edi.

U hattoki, Ispaniya terma jamoasi bilan Meksikada tashkillashtirilgan Universiadaga borgan, biroq raqibining qo‘pol harakati oqibatida jiddiy jarohatga yo‘liqqan.

Munosib libero bo‘lishi taxmin qilingan Benites shu tariqa butsalarini mixga ilib, darhol murabbiylik bilimlarini o‘zlashtirishga kirishgan. U hozir o‘z taqdiridan nolimasa kerak, axir shaxsiy natijalari ko‘pchilik havasini uyg‘otadi.

Himoyachi - Arrigo SAKKI (Italiya). Sakkini bemalol futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylar qatoriga qo‘shish mumkin. Har holda, Italiya murabbiylik maktabiga aynan u qayta «jon» bag‘ishladi.

Biroq oddiy kosibning o‘g‘li bungacha futbolchi rolida obro‘ orttirishga uringan, «Inter» safida o‘ynashni orzu qilgan. Amalda esa noshud himoyachi bo‘lib chiqqan. Eng asosiysi, Sakki ke-yinchalik Franko Barezi va Paolo Maldini kabi buyuk himoyachilarni tarbiyaladi!

Yarim himoyachi - Joze MOURINYO (Portugaliya). 

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:40, 25.03.2018.
O'qildi: 5357 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.