Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Andijon davlat universtiteti talabalari “O‘FA Kubogi” sohibi

Andijon davlat universtiteti talabalari “O‘FA Kubogi” sohibi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi memorandum doirasida yurtimizdagi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Kubogi” musobaqalari davom etmoqda.

O‘FAning tasdiqlangan rejasiga asosan 11-26 mart kunlari Andijon viloyatida Respublika birinchiligining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Andijon davlat universtiteti, Andijon Mashinasozlik instituti, Andijon Qishloq xo‘jaligi instituti xamda Andijon tibbiyot institutlari ishtirok etdilar.

Ikki davraviy - uy va mehmon tizimda tashkillashtirilgan o‘yinlar Andijon shahridagi viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi hamda Andijon shahar futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati maydonlarida o‘tkazildi.

Qayd etilgan natijalar:

1-tur.

Andijon davlat Universtiteti - Andijon Qishloq xo‘jaligi instituti -  1:0 (javob uchrashuvi - 0:0)

Andijon Mashinasozlik instituti - Andijon tibbiyot instituti – 2:1 (javob uchrashuvi – 0:1)

2-tur

Andijon Qishloq xo‘jaligi instituti - Andijon Mashinasozlik instituti – 1:2 (javob uchrashuvi – 0:0)

Andijon tibbiyot instituti - Andijon davlat universiteti – 1:3 (javob uchrashuvi – 0:1)

3-tur

Andijon Qishloq xo‘jaligi instituti - Andijon tibbiyot instituti – 1:0 (javob uchrashuvi – 0:0)

Andijon davlat universiteti - Andijon Mashinasozlik instituti – 1:0 (javob uchrashuvi – 0:0).

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Andijon davlat Universtiteti talabalari barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

2-o‘rinni Andijon Mashinasozlik instituti, 3-o‘rinni esa Andijon Qishloq Xo‘jaligi institutining havaskor futbolchilari egallashdi.

Shu tariqa, g‘olib jamoa aprel oyining ikkinchi yarmida Namanganda tashkil etiladigan ikkinchi bosqich o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:30, 26.03.2018.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик