Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Nasaf» tarbiyalanuvchilari Qatarga safar uyushtirishadi

«Nasaf» tarbiyalanuvchilari Qatarga safar uyushtirishadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, o‘tgan yilning 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko‘ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashgandi.

Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yo‘lida memorandum imzolagandilar. Shuningdek, Umid Ahmadjonov Qatardagi dunyoga mashhur “Aspire” akademiyasiga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishgan holda, O‘zbekistonda ham ana shu tajribani yo‘lga qo‘yish borasidagi hamkorlik masalasida kelishuvga erishgandi.

Qatarning dunyoga mashhur “Aspire” jamoasi Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etayotgan musobaqaga, ikki mamlakat futbol assosiasiyalari o‘rtasidagi memorandumga asosan O‘zbekistondan ham futbolchilarni taklif etdi.

Xabaringiz bor, “Nasaf” futbol maktabi 2017 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi akademiyasi sifatida e’tirof etilgandi.

Mazkur musobaqada “Nasaf” futbol maktabining 2000 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoamiz (murabbiylar: Nurali Sultonov, Nasim Shoyimov), 2001-2002 yilda tug‘ilganlar jamoamiz (murabbiy: Pavel Kshnyakin) va 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimizdan iborat jamoamiz (murabbiy: Umar Rahmatullayev va Jasur Ibragimov) ishtirok etishadi. Jamoalarning har biri 16 nafar yosh futbolchilarimizdan iborat. Shuningdek jamoalarimizga, yosh darvozabonlar murabbiyi Mixail Naumov hamda shifokor Sunnat Saxaddinovlar hamkorlik qilishadi.

Qatardagi musobaqa 1-4 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Har bir yosh toifasidagi jamoalarimiz 2tadan uchrashuv o‘tkazishadi. Shuningdek jamoalarimiz Qatarlik tengdoshlari bilan bittadan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushishadi.

Yosh futbolchilarimizdan ibora delegasiyamiz 31 mart kuni Toshkent-Istanbul-Doha havo yo‘nlishi bo‘yicha Qatarga yo‘l olishadi. Delegasiyaga futbol maktabimiz direktori Sergey Kucherenko rahbarlik qiladi.

Tarbiyalanuvchilarimizning Qatardagi musobaqaga borish-kelish xarajatlarining barchasi Qatar futbol Assosiasiyasi tomonidan qoplanadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:28, 26.03.2018.
O'qildi: 3639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик