Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ronalduga endi maydonda ham qo‘riqchi kerak bo‘ladi-yov (foto+video)

Ronalduga endi maydonda ham qo‘riqchi kerak bo‘ladi-yov (foto+video)

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Shveysariyaning futbol u qadar ommalashmagan Jeneva shahrida ham muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi.
 
Gap shundaki, muxlislar Ronalduni kecha bo‘lib o‘tgan Portugaliya - Gollandiya uchrashuvida ham ta’qib etishdan to‘xtashmadi.
 
Aniqrog‘i, to‘rt nafar muxlis stadion tribunalaridan Ronaldu bilan suratga tushish va ko‘rishish uchun maydonga chiqib kelishdi. Ushbu voqea Krishtianu jamoadoshi Joau Kanseluning ikkinchi bo‘limda qizil kartochka olib maydonni tark etganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
 
Qiziqarlisi, birinchi muxlis Ronaldudan bo‘sa oldi. Ha, erkak muxlis uni o‘pib oldi.



Va selfi tushishni ham unutmadi.



Ikkinchisi KriRo tarafga qarab, qo‘lida yurakcha ko‘rsatdi va hatto, uni quchoqlab oldi.



Ammo Ronalduga yurakchasini ko‘rsatgan yigitchani styuardlar maydon chetiga yaxshilab kuzatib qo‘yishdi.





Uchinchi muxlis faqat Ronalduning tirsagiga tegin oldi xolos. Umidvor bo‘lib maydonga yugurib chiqqan Ronaldu muxlisi boshqa harakatni bajarishga ulgura olmadi.



To‘rtinchisi esa Ronaldu zaxiraga chiqib ketayotgan vaqtda unga qarab to‘satdan yugurib keldi.



Ko‘rib turibsizki, Krishtianu har bir suratda kayfiyati buzilgan holda ko‘rinish bergan. Buning sababini tushuntirish oson.
 
Chunki, uning jamoasi Gollandiyaga 0:3 hisobida yengildi va shu bilan birga besh karra “Oltin to‘p” egasi ilk marta mavsumdagi eng yomon natijasini ko‘rsatdi. Ya’ni, u raqib darvozasi tomon biror marta bo‘lsa-da to‘g‘ri zarba yo‘llay olmadi.
 
Umuman olganda, Krishtianu bunday vaziyatlarni sokinlik bilan qabul qilishga odatlangan. Masalan: Yevro-2016 musobaqasida muxlis bilan birga maydon o‘rtasida selfi tushgan. Garchi, styuardlar bunga qarshilik ko‘rsatishgan bo‘lsada, Ronaldu ulardan muxlisni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.
 
Bilasiz, “Real” futbolchisi maydondan tashqarida doim xavfsizligini o‘ylaydiganlar sirasidan sanaladi.
 
Jumladan, uni JCH-2014 musobaqasi vaqtida to‘rtta qo‘riqchi kuzatib yurgan. Marokashda bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida esa besh nafar qo‘riqchini yollangan.
 
2016 yil ma’lum bo‘ldiki, Krishtianu onasi Mariya Doloresh dush Santush Aveyru xavfsizligini ta’minlash uchun shaxsiy qo‘riqchini jalb etgan.
 
Hatto, buni futbolchining onasi istamagan bo‘lsa-da, Doloresh xonim mana ikki yildan beri doimiy qo‘riqchi xizmatidan foydalanib kelishga majbur bo‘lmoqda.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 21:35, 27.03.2018.
O'qildi: 16383 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.