Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu: «Paxtakor» - «Neftchi»

Prevyu: «Paxtakor» - «Neftchi»

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turida "Paxtakor" Toshkentda "Neftchi"ni qabul qiladi.

Milliy chempionat tashkil etilganidan buyon oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan uch jamoadan ikkisining to‘qnashuvi eng prinsipial qarama-qarshilik sifatida e’tirof etiladi. Har ikki klub o‘zaro o‘yinlarda bir-biridan eng ko‘p ochko tortib olgani buni tasdiqlaydi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 52 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 24 g‘alaba, 8 durang va 20 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 87 to‘p kiritgan "sherlar" 66 to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.

"Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasidagi o‘zbekona mumtoz to‘qnashuv 31 mart, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da boshlanadi. Stadionga tashrif buyuring va ajoyib o‘yindan bahramand bo‘ling!

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:51, 28.03.2018.
O'qildi: 2618 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик