Kolumbiyalik model va aktrisa Lora Nikol internet yulduziga aylandi.
Gap shundaki, u Kolumbiya va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini vaqtida maydonga yugurib tushdi. Qo‘riqchilarni ta’qibiga qaramasdan, aktrisa kolumbiyalik futbolchi Xames Rodrigesning yoniga bordi va u bilan video selfiga tushdi. Keyin esa qo‘riqchilar uni maydondan chiqarib yuborishdi.
Aktrisa bu holat aks etgan surat va videoni internetga joyladi.