Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga: «Metallurg» Qarshida yutqazmadi

Superliga: «Metallurg» Qarshida yutqazmadi

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turi doirasida “Nasaf” o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan bahs yuritdi. Uchrashuvda durang qayd etildi. Berdiyev shogirdlari uchrashuvni o‘z nazoratida o‘tkazgan bo‘lsada, g‘alabaga erisha olmadi.

Uchrashuvdagi hisob 33-daqiqada Azizjon G‘aniyev tomonidan ochildi. Bungacha mezbonlarning ko‘plab tashkil etilgan hujumlari samara bermadi. Raqib juda tartibli himoyalandi. Azizjon G‘aniyevning uzoq masofadan amalga oshirgan chiroyli zarbasini, Safar Safayev qaytarishga ojizlik qildi – 1:0. Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham tashabbus "Nasaf" tomonida bo‘ldi. Ko‘plab golli vaziyatlar yaratildi, ammo gol urishda omad yetishmadi. Uchrashuvning 69-daqiqasida mezbon himoyachilarining qo‘pol xatosidan bekobodliklar unumli foydalanishdi. Oqibatda Suxrob Nurulloyev hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1.

Uchrashuvning qolgan daqiqlarida ham qarshiliklar faollik ko‘rsatishdi. Yana gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo, g‘alaba to‘pini kiritish hech kimga nasib etmadi.

Shu tariqa, jamoalar 2 ochkodan yo‘qotishdi. Bu jamoalar mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan holda, 8 ochko bilan jadvalda 2 va 3-o‘rinlarni egallab turishibdi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 4-tur
“Nasaf” (Qarshi) - “Metallurg” (Bekobod) 1:1 (1:0). 14300 tomoshabin
30.03.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da
Gollar: Azizjon G‘aniyev, 33’-1:0 -  Suxrob Nurulloyev, 69’-1:1
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvtov, 4.Maqsud Karimov (s) (14.SHarof Muhitdinov, 73), 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov (18.Bobir Davlatov, 81), 20.Islom Kenjaboyev, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov (10.Bobir Abduxoliqov, 69), 92.Umarbek Eshmurodov.
“Metallurg”: 1.Safar Safayev, 5.Abbosjon Otaxonov, 7.Suxrob Nurullayev, 8.SHaxzod Shaymanov, 10.Islombek Isoqjonov, 15.Zohid Abdullayev (s) (9.Zabihullo Urinboyev, 53), 16.Jasur Hasanov, 37.SHerzod Fayziyev, 55. Akbarjon Ismatillayev, 77.Muhammad Isayev (17.Javohir Soxibov, 60), 88.Abror Husinov (20.Dilyorbek Ermatov, 85).
Ogohlantirish: Maqsud Karimov (19), Bobir Abduxoliqov (84), Islom Rashidxonov (89) – Zafar Safayev (90+3)
Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov (Namangan), Mo‘minjon Majidov (Namangan)
Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Sardor Qudratullayev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 04:37, 31.03.2018.
O'qildi: 3372 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик