Ispaniya 2-divizionining "Albasete" klubi yarimhimoyachisi Pelayo Novo Garsii operasiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi mehmonxonaning 3-qavati oynasidan qulab tushgan, Sport.es xabariga ko‘ra, operasiya 6 soat davom etgan.
Voqea 31 mart kuni "Ueska"ga qarshi uchrashuv oldidan ro‘y bergan. Voqeadan so‘ng o‘yin qoldirilgan. Futbolchining qulash sabablari noma’lumligicha qolmoqda.