Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Ronalduning «qaychi»si Buffonni yig‘latdi (fotogalereya)

Ronalduning «qaychi»si Buffonni yig‘latdi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

“Real” “Yuventus”ga qarshi o‘yinning birinchisida deyarli yarim final masalasini hal qilib bo‘ldi. Turinliklar endi bor e’tiborni Italiya chempionati va kubok o‘yinlariga qaratishga majbur bo‘lishadi. Bu haqda “Yuve” ustozi Massimiliano Allegri ham ta’kidlab o‘tdi.
 
Xabaringiz bor, bu o‘yinda Ronalduning dubli va Marseloning goli “qirollik klubi”ga safarda muhim g‘alabani taqdim etdi.
 
Ha, ko‘plab futbol muxlislari asosan Ronalduning “qaychi” uslubidagi golini ertalabdan muhokama qilishni boshlab yuborishdi.
 
Axir 2 metr-u 23 santimetr balandlikdan Buffon darvozasini ishg‘ol etgan Ronaldu haqida kim ham gapirishni istamaydi deysiz?
 
Ashaddiy “Real”chilar kecha Ronaldu kosmosga chiqib kelgani haqida gapirayotgan bo‘lsa, yana boshqalar Madridning yana bir hujumchisi Garet Beylning goldan xursand bo‘lmaganini aytishdi. Shuningdek, Zidanning golga bildirgan reaksiyasi ham ancha e’tiborni o‘ziga tortdi.
 
Lekin biz Krishtianuning golini qayta-qayta ko‘rib ham bu qanday bo‘lganiga hech tushuna olmayapmiz. Keling, yaxshisi Turindagi tun voqealarni birgalikda ko‘rib chiqamiz.
 
Oldin Ronalduning “shedevri”ni ko‘raylik!

Endi golga bo‘lgan turli munosabatlar.

Unutilmas golning suratlari turli fokuslardan. DAVOMI

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:49, 04.04.2018.
O'qildi: 15086 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик