Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

YECHL. «Liverpul» - «Manchester Siti» uchrashuv prevyusi

YECHL. «Liverpul» - «Manchester Siti» uchrashuv prevyusi

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasining chorak final dastlabki o‘yinlariga yakun yasaladi.

Chorshanba kungi markaziy o‘yin Liverpul shahridagi "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

www.uzreport.news sayti mazkur o‘yin oldidan qisqacha prevyuni e’tiboringizga havola etadi.

4 aprel 2018 yil. Soat 23:45da. Angliya. Liverpul. "Enfild" stadioni.

UYEFA Chempionlar ligasi. 1/4 final bosqichi. Dastlabki o‘yin.

"Liverpul" - "Manchester Siti"

Qaysi telekanalda tomosha qilish mumkin: "FUTBOL TV"

Diskvalifikasiyalar: yo‘q

Jarohatlanganlar: Emre Djan (so‘roq ostida), Djo Gomes, Ragnar Klavan, Adam Lallana, Joel Matip - Serxio Aguero, Benjamen Mendi

Taxminiy takrib:

"Liverpul": Karius, Robertson, Lovren, van Deyk, Arnold, Veynaldum, Xenderson, Oksleyd-CHemberlen, Mane, Firmino, Salah.

"Manchester Siti": Ederson, Lyaport, Otamendi, Kompani, Sane, Silva, Fernandinyo, De Bryuyne, Uoker, Jezus, Sterling.

Chempionlar ligasining 1/4 finalida markaziy o‘yin sifatida ko‘pchilik "Yuventus" - "Real" qarama-qarshiligini aytishmoqda. Biroq tomoshabopligi jihatdan esa bugun "Enfild"da bo‘lib o‘tadigan o‘yin undan o‘tishi mumkin. Bu bosqichda afsuski, APL klublaridan faqat bittasi yarim finalga chiqa oladi. Yil boshida jamoalar "Enfild"da Angliya chempionati doirasida kuch sinashishgan edi. O‘ziga xos shouga aylanib ketgan uchrashuvda muxlislar jami 7ta golga guvoh bo‘lishgandi. Neytral muxlislar bugun ham mazkur jamoalardan shunday tomoshabop o‘yin kutishmoqda. Yurgen Klopp va Xosep Gvardiola shogirdlari yana bir bor o‘z muxlislarini chiroyli o‘yin bilan xursand qilishlari mumkin. To‘g‘ri yuqoridagi o‘yinda biror sovrin masalasi hal bo‘lmagan edi. Shunchaki, mersisaydliklar birinchi davradagi alamli mag‘lubiyat uchun revansh olishni juda istashgan edi va bunga muvaffaq bo‘lishgandi. To‘g‘ri "Liverpul" futbolchilari 5ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olishmagandi, biroq "Siti"ning mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekordini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishgandi.

Bu safar "Enfild"da bo‘ladigan o‘yinda esa mag‘lubiyat ikkala jamoaga ham qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun ham bo‘lajak bahsda klublar extiyotkorlikni ham unutmagan holda harakat qilishadi. Ayniqsa, "shaharliklar" bugun shunday uslubni tanlashsa ajab emas.

Ustiga ustak kutilayotgan o‘yinga ikkala klub ham yo‘qotishlar bilan tashrif buyurmoqda. Mehmonlarga jamoa to‘purari Serxio Aguero yordam bera olmaydi. Lekin "shaxarliklar"ga bu o‘yinda Delf va Stounz yordam berishi mumkin. Chunki ular yaqindagina jarohatdan qutilishdi. 

"Livepul" esa bu o‘yinda bir yo‘la uch himoyachi Gomes, Klavan va Matip hizmatidan foydalana olmaydi. Shu sababli ham Klopp himoyani Lovren va van Deykka ishonsa ajab emas. Shuningdek, Emre Djan ham jarohatini davolamoqda va bu o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida

O‘yin oldidan murabbiylar fikri:

Yurgen Klopp ("Liverpul" bosh murabbiyi)

Hozirda "Manchester Siti"ni mag‘lub etish juda qiyin. Lekin biz bu turnirda uzoqroqqa borishni istaymiz va bunday kuchli raqiblarga qarshi o‘ynashimiz mumkinligini bilar edik. Hozirda "Siti"ning o‘ziga ishonchi juda yuqori darajada, lekin bizning saviyamiz ham ulardan qolishmaydi. Qiyinchiliklarni yaxshi ko‘raman. Bu murabbiylar uchun qiziq. Men o‘yinga shogirdlarimni ham ruhan ham jismonan eng yuqori darajada harakatlanishlariga ishonaman. 

Xosep Gvardiola ("Manchester Siti" bosh murabbiyi)

Ko‘pchilik "Liverpul" juda kuchli raqib deb aytmoqda. Biroq bizga "Barselona" yoki "Bavariya" bilan ham tushib qolishimiz mumkin ediku. Bu musoabaning chorak finalida dunyoning eng kuchli jamoalari bilan duellarga tayyor bo‘lish kerak. O‘ylashimcha bizning o‘yin uslubimiz "Liverupl"ga juda ham mos keladi. Ular bo‘sh zonalardan juda yaxshi foydalanishadi. Biroq biz bunga qarshi choralarni ko‘rib chiqamiz. Eng to‘g‘ri yo‘l bu o‘z uslubingga sodiq qolish. Shu orqali biz bu mavsum shunday darajaga chiqa oldik.

 

O‘zaro o‘yinlar: 178ta o‘yin

"Liverpul" - 87ta g‘alaba 

"Manchester Siti" - 45ta g‘alaba

Durang - 46ta

 

Qiziqarli faktlar:

"Liverpul"

- Mersisayliklar 2008 yildan beri ilk bor 1/4 finalga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. 

- "Livepul" YECHLda uy uchrashuvlarida 14ta o‘yindan beri (9 g‘alaba, 5 durang) mag‘lubiyatga uchramayapdi. So‘ngi bor ular 2014 yilda "Real"ga imkoniyatni boy berib qo‘yishgandi.

- Yurgen Klopp shogirdlari bu mavsum YECHLda eng sermahsul jamoa bo‘lib turibdi. Ular 28ta gol urishga ulgurishdi. Turnir rekordi esa "Manchester Yunayted"ga tegishli. (2002/03 - 32ta gol).

"Manchester Siti"

- "Manchester Siti" o‘z faoliyatida faqat bir bor chorak finalda qatnashgan.

- Xosep Gvardiola o‘z tarixida eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan raqibi Yurgen Klopp hisoblanadi. 5ta mag‘lubiyat.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 17:10, 04.04.2018.
O'qildi: 3456 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.