Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shota Arveladze: «Penaltidan gol ura olmaganimizdan so‘ng raqib ruhan kuchaydi»

Shota Arveladze: «Penaltidan gol ura olmaganimizdan so‘ng raqib ruhan kuchaydi»

Baho:
+ | -

"Buxoro" - "Paxtakor" o‘yinidan keyin matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze va futbolchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etishdi.

Arveladze: - O‘yin qiyin kechishini bilgandik. Vaziyatlardan birinchi bo‘limda foydalana olmadik. Birinchi gol urish bunday o‘yinlarda juda muhim. Penaltidan gol ura olmaganimizdan so‘ng raqib ruhan kuchaydi va tez orada to‘p o‘tkazib yubordik

Ikkinchi bo‘limda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi. Albatta, yutayotgan jamoaning bunday yo‘l tutishi tushunarli. Tanaffusdan so‘ng ko‘p imkoniyatlar yaratmadik. Aslida birinchi bo‘limda bemalol uchrashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi. Afsuski, vaziyatlarni qo‘ldan chiqardik.

Masharipov: - Buxorodagi bellashuv og‘ir o‘tishini bilgandik. Bu jamoa muxlislari qarshisida ularga ishonib, bor kuchi bilan o‘ynaydi. Biz o‘zimiz imkoniyatlardan foydalanmadik. Har uchrashuvda raqib darvozasini 3-4 martadan ishg‘ol qilishga vaziyatlar yetarli bo‘ldi. Aynan shu jihat ustida ishlashimiz kerak.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:28, 06.04.2018.
O'qildi: 4621 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик