Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

“Arsenal”ga qarshi bahsda Abduqodir Husanovning harakatlari qanday baholandi?

“Arsenal”ga qarshi bahsda Abduqodir Husanovning harakatlari qanday baholandi?

Baho:
+1 | -

Angliya Superkubogi doirasida “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Bellashuv londonliklarning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” asosiy tarkibida maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Himoyachi jami 63 ta uzatmaning 58 tasini aniq amalga oshirdi (92 foiz aniqlik). Sofascore portali Abduqodirning harakatlarini 6,9 ball bilan baholadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi ko‘rsatkichlari:
Himoyaviy harakatlar: 9 ta;
Tashlanib to‘pni olib qo‘yish: 5 marta (3 tasi muvaffaqiyatli);
Raqib hujumini bartaraf etish: 2 marta;
Tozalashlar: 1 marta;
Zarbaga to‘sqinlik qilish: 1 marta;
Yerdagi kurashlar: 6 ta (6 tasi muvaffaqiyatli);
Havodagi kurashlar: 3 ta (3 tasi muvaffaqiyatli);
To‘pni qaytarib olish: 4 marta.

“Arsenal” safida faol harakat qilgan va jamoasining hujumlarini boshlab bergan Martin Edegor uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Sofascore tomonidan norvegiyalik futbolchining harakatlari 8,5 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, “Man Siti” hujumchisi Erling Holand 6,5 ball oldi. Mezbonlar safida faol harakatlari bilan ajralib turgan Ben Uayt ham 8,3 ball bilan yuqori baholandi. “Shaharliklar” safida eng yuqori baho jamoa yarimhimoyachisi Mateo Kovachichga nasib etdi — 7,0 ball.

Ushbu natijadan so‘ng “Arsenal” yangi mavsumni sovrin bilan boshlab, Angliya Superkubogi sohibiga aylandi.

Mikel Arteta shogirdlari o‘tgan mavsumda Premyer Liga chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:13, 16.08.2026.
O'qildi: 4413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик