"Paxtakor"dan Buxorodagi o‘yinda eng yaxshi futbolchi deb topilgan yarim himoyachi bellashuv xususida fikrlarini bildirdi.
- Buxorodagi bellashuv og‘ir o‘tishini bilgandik. Bu jamoa muxlislari qarshisida ularga ishonib, bor kuchi bilan o‘ynaydi. Biz o‘zimiz imkoniyatlardan foydalanmadik. Har uchrashuvda raqib darvozasini 3-4 martadan ishg‘ol qilishga vaziyatlar yetarli bo‘ldi. Aynan shu jihat ustida ishlashimiz kerak.