Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi jonli ko‘rsatiladi

O‘zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi jonli ko‘rsatiladi

Baho:
+ | -

Formati o‘zgartirilgan O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi. Marosim 18 aprel kuni soat 20:00 da boshlanadi.

Nega aynan 18 aprel?

O‘zbekiston Kubogining 1/16 final uchrashuvlari 15-16 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Ulardagi juftliklar, o‘yinlar kuni va vaqtini mazkur havola yordamida bilib olish mumkin.

16 aprel kuni Qarshining “Nasaf” klubi Chempionlar Ligasi doirasida “Al-Vasl” (BAA) mehmoni bo‘ladi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi esa 17 aprel kuni o‘z maydonida Eronning “Zob Ohan” klubini qabul qiladi.

O‘zbekiston Superligasining 7-tur bellashuvlari 19 aprel kuni start oladi va 21 aprelga qadar davom etadi. PFL va “Sport” o‘zaro kelishib, o‘rtada bo‘sh qolayotgan 18 aprelni qur’a marosimi uchun tanlab oldi.

Bu nima beradi?

1/8 finaldan boshlab musobaqaga “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari ham qo‘shiladi. Qur’a marosimining jonli efirga uzatilishi futbol muxlislarining qiziqishiga sabab bo‘lishi katta ehtimol. Qolaversa, undagi shaffoflik O‘zbekiston Kubogida ishtirok etayotgan klublarga motivasiya o‘rnida xizmat qilishi mumkin.

Eski formatda jamoalar o‘zlarining ehtimoliy bo‘lajak raqiblari haqida bilib turgan bo‘lsa, endilikda bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda barcha jamoa bir xil maqomda bo‘lib, istalgan boshqa klubga raqib bo‘lib qolishi ehtimolini kutadi.

Hozirgacha...

O‘tgan vaqt davomida maqomi jihatdan 1/32 finalga teng bo‘lgan o‘yinlar o‘tkazildi. Unga ko‘ra, “Iftixor” hamda “Sherdor” klublari 1/16 final chiptasiga ega chiqishdi. 15-16 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan 1/16 final bosqichi faqatgina bitta o‘yindan iboratdir. G‘olibni 120 daqiqa davomida aniqlashning iloji bo‘lmasa, penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Mazkur bosqichda qaysi jamoa o‘z uyida harakat qilishini qur’a belgilab bergan. Mazkur qoida yarim finalgacha o‘z kuchida qoladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:47, 07.04.2018.
O'qildi: 3593 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.