Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ilhom Mo‘minjonov: «Jizzaxdan yutuq bilan qaytishga harakat qilamiz»

Ilhom Mo‘minjonov: «Jizzaxdan yutuq bilan qaytishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov va jamoa posboni Botirali Ergashevlar ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.

Ilhom Mo‘minjonov: - Birinchi navbatda futbolchilarimizni namoyish etgan o‘yinlari uchun kattakon rahmat aytaman. Yigitlar qo‘llaridan kelganicha harakat qilib, jamoamizning yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazishdi deb o‘ylayman.

Bugun bizga omad yetishmadi. Aks holda Azamat Allaniyozov va Azizbek Turg‘unboyevlar tomonidan yo‘llangan zarbalardan keyin to‘p darvoza ustuni va to‘siniga tegib qaytdi. Bu futbol maydon tekis to‘p yumaloq deb bejizga aytishmaydi.

Keyingi o‘yinlarga yanada yaxshiroq tarzda tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz. Nenad Nias hozirgi kunda o‘zining optimal sport formasiga kira olmayapti. Garchi beshta tur ortda qolgan bo‘lsada hujumchimiz gol ura olgani yo‘q.

Bugungi uchrashuvda u maydonga kichik jarohat bilan tushgandi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qilmadik. O‘ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatadi degan umiddaman. Himoya chizig‘imizdan ko‘nglim to‘lmoqda.

Bu xotirjamlikka berilishimiz uchun sabab bo‘lmasada, beshta o‘yinda darvozamizdan atigi ikkita to‘p o‘tkazib yubordik xolos. O‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichlarimiz yomonroq edi. Qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar hujumchilarimizga gol urish uchun imkoniyatlar beramiz.

Agarda Inas gol urishni uddalay olmasa, uni zaxiradan qoldirishga majbur bo‘lamiz. Ro‘zimboy Ahmedovni qachon maydonga qaytishi aniq emas. Garchi jarohatdan holi bo‘lsada, hozircha tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.

Ayni paytda ixtiyorimizda mavjud va sog‘ bo‘lgan Inas, Allaniyozov va Sardor Sulaymonov kabi hujumchilarimiz bor. Navbatdagi turlarda ularni imkon qadar samarali tarzda foydalanishga harakat qilamiz. Ahmedovni ham safga qaytishini intizorlik bilan kutib qolamiz.

Shu paytga qadar urgan gollarimizni standart vaziyatlardan urganmiz. Bugun ham jarima zarbalaridan keyin raqib darvozamini nishonga olishga urinib ko‘rdik. Lekin, bu borada aniqlik yetishmadi.

Oldinda bizni jiddiy o‘yin kutib turibdi. “So‘g‘diyona” bilan o‘tadigan uchrashuvga munosib tarzda hozirlik ko‘rgan holda gollar urib yutuq bilan qaytishga harakat qilamiz.

Oston O‘runov nafaqat jamoamizning balki Superliganing ham eng yosh futbolchilaridan biri sanaladi. Futbolchimiz ko‘p hollarda jamoaga foyda keltirish borasida ko‘p narsani o‘ziga olmoqda. Buning oqibatida to‘p oshirishlarda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydi.

O‘runov o‘yindan-o‘yinga sifat borasida qo‘shib boradi. Bugungi bahs so‘nggida biroz charchab qolgani uchun uni o‘rniga maydonga tajribali futbolimiz Dilshod Jabborovni tushirdik.

Keyingi o‘yinlarda Oston yanada yaxshiroq harakat qiladi deb o‘ylayman. Yosh bo‘lishiga qaramay, ayni paytda u eng yaxshi yarim himoyachilarimizdan biri sanaladi.

Botirali Ergashev: - O‘yin keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Raqib darvozasi oldida yuzaga keltirilgan vaziyatlarda birozgina omadimiz yurishmadi deb o‘ylayman.

Himoyada bexato harakat qilgan bo‘lsakda, hujumlarimizni samarali tarzda yakunlay olmadik.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:28, 08.04.2018.
O'qildi: 3427 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик