Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Real» «Barselona»ga chempionlik yo‘lagini tashkil qiladimi? Zidan javob berdi

«Real» «Barselona»ga chempionlik yo‘lagini tashkil qiladimi? Zidan javob berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Real» o‘z maydonida «Atletiko»ni qabul qiladi. "Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan ushbu bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jismoniy tayyorgarlik haqida
«Dam olish uchun vaqtimiz ko‘p bo‘lmadi, ammo  «Atletiko» ham shunday holatda. Hattoki ular bizga nisbatan bir kun kam dam olishdi. Bor e’tiborimizni mazkur o‘yinga qaratganmiz: biz jismoniy va ruhiy jihatdan tayyormiz. G‘alabali seriyani davom ettirishni istaymiz».

Krishtianu Ronalduga berilayotgan dam haqida
«U buni to‘g‘ri qabul qilmoqda. Biz Krishtianu va  boshqa futbolchilar bilan doimo gaplashamiz. Bizda o‘yinlar ko‘p. Futbolchilarga navbati bilan dam berib boriladi. Bu normal holat. Ushbu masala haqida chuqur fikr bildirmoqchi emasman. Bu masala futbolchilar bilan muhokama qilinadi va u sirligicha qolgani ma’qul».

«Barselona» uchun chempionlik yo‘lagi haqida
«Biz «Barselona» uchun chempionlik yo‘lagini takshil qilmaymiz. Hozirda bor e’tiborimizni ertangi bahsga qaratganmiz. Ertaga qanday qilib 3 ochkoni qo‘lga kiritish haqida o‘ylayapmiz. Hozirda «Atletiko» o‘zi egallab turgan o‘ringa munosib, ammo biz oradagi farqni qisqartirishga harakat qilamiz».

«Barsa» uchun chempionlik yo‘lagi haqida mendan 2 haftadan beri so‘rashmoqda. Men aniq-tiniq javob berdim va bu mavzuni yana ko‘tarish shart emas».

«Real» klublar o‘rtasidagi JCHda g‘olib chiqqanida «Barselona» raqib futbolchilariga chempionlik yo‘lagini tashkil qilmagandi. "Qirollik klubi" bunga javoban shunday yo‘l tutadimi?

«Bu mening qarorim. Shu bilan nuqta. Tushunmayman, buning nima keragi bor? Biz bunday qilmaymiz. Bundan tashqari, mavsum yakuniga qadar hali ko‘p vaqt bor».

Biz klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqanimizda «Barselona» klasiko oldidan bizni tabriklashni istamay an’anani buzdi. Bu bois, endi bunday an’ana yo‘q».

Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Barselona" jamoalari La liganing 36-turi doirasida "Santyago Bernabeu"da to‘qnash kelishadi. Katta ehtimol bilan "ko‘k-anorranglilar" bu o‘yinga qadar chempionlikni rasmiylashtirib bo‘lishadi.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 01:38, 08.04.2018.
O'qildi: 17266 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.