Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Kazemiro: «Asosiysi to‘p emas, balki saviya»

Kazemiro: «Asosiysi to‘p emas, balki saviya»

Baho:
+ | -

Karlos Kazemironing maydondagi harakatlariga qarasangiz, ajib bir sovuqqonlikni darhol payqaysiz.

Hujumkorlikka moyil yarim himoyachi oxirgi mavsumlarda jiddiy yuksalishga erishib, «Real» klubida ham, Braziliya terma jamoasida ham yetakchilar qatoriga qo‘shildi.

Xorijlik kasbdoshlarimiz braziliyalik futbolchi bilan muloqot chog‘i asosan yakunlanayotgan mavsum va yaqinlashayotgan JCH mavzularini o‘rtaga tashlashdi.

- Mundialda Braziliya terma jamoasidan markaziy chiziqqa bog‘liq qanday taktik variantlarni kutish mumkin?

- Shaxsan men markazda Renato Augusto va Paulinyo bilan birga harakatlanishga ko‘nikib ulgurdim. Har holda, uchlik sifatida anchadan buyon to‘p suryapmiz. Jamoamizda uyushqoqlik darajasi binoyidek - har bir o‘yinchi o‘z vazifasini yaxshi biladi va uni risoladagidek uddalashga qodir.

Agar yagona hujumkor yarim himoyachi sifatida Filippe Koutinyo bilan yonma-yon harakatlansam, o‘yinda tajovuzkorlik ortadi, menimcha. Bordiyu, Fernandinyo maydonga tushirilsa, unda himoyani kuchaytiramiz. Bu uslub ham ko‘p bora sinab ko‘rildi.

- Tite yaqinda «Real» joriy mavsum CHL kubogini qo‘lga kiritolmasligini taxmin qildi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Ochig‘i, terma jamoamiz bosh murabbiyining bunday bashoratidan xabarim yo‘q. Har qanday holatda ham, «Madrid»ning CHL bosh sovrinini o‘zida saqlab qolishidan umidvorman.

- JCH-2018 uchun tanlangan rasmiy to‘pni amalda sinab ko‘rdinglarmi?

- Yo‘q, lekin o‘ylashimcha, to‘p masalasi katta ahamiyat kasb etmaydi. Ha, to‘plar bir-biridan farqlanadi, albatta. Ammo professional futbolchi to‘pga 3-4 marta teginish bilan unga to‘liq moslashib olishi kerak. Demoqchimanki, to‘p sifati futbolchi saviyasiga putur yetkazolmaydi.

- Bir tomonda - terma jamoa o‘yinlari, ikkinchi tarafda - Ispaniya chempionati va YECHL bahslari. Tig‘iz taqvim toliqtirib qo‘ymayaptimi, bu holat mashg‘ulotlar jarayoniga nechog‘li ta’sir o‘tkazmoqda?

- O‘z tajribamdan bilaman, futbolchilar ayniqsa, JCH arafasida mukammal holatda bo‘lishga e’tibor qaratadilar. Axir mundialda o‘tkinchi o‘yinlar yo‘q - har bir uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunga tayyor turish shart. Mashg‘ulotlar yo‘rig‘i esa boshqa - qandaydir erkinliklarga yo‘l qo‘yish mumkin. Qisqasi, taqvimdagi zichlik o‘z yo‘liga...

- Terma jamoaning yangi a’zosi - Villian Joze xususida nima deya olasiz?

- Joze «Real Sosyedad»ning yetakchi o‘yinchilaridan biri. Klubida yaxshi xususiyatlarini namoyish etish asnosida terma jamoa nazariga tushdi. Uning uchun xursandman, menimcha, iqtidoridan to‘liq foydalansa, ishonchni bemalol oqlaydi.

- Mundial mezboni - Rossiya termasi haqida nimalarni bilasiz?

- To‘g‘risi, qaysidir futbolchini alohida ko‘rsatolmayman. Umuman olganda, bu boradagi fikrim ijobiy. Rossiya termasi ayniqsa, ruhiy tomondan ustunlikka ega. Axir «O‘z uyingda hattoki, devorlar ham yordam beradi» tushunchasi bejiz chiqmagan...

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:46, 09.04.2018.
O'qildi: 3864 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.