Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Mo‘’jiza ro‘y berdi: «Roma» «Barsa»ni YECHLdan chiqarib yubordi!

Mo‘’jiza ro‘y berdi: «Roma» «Barsa»ni YECHLdan chiqarib yubordi!

Baho:
+ | -

"Barselona" - "Roma" to‘qnashuvida barcha masala birinchi o‘yinda hal bo‘lgandek edi, ammo "bo‘rilar" bunga rozi emasliklarini namoyish etishdi.

Rimliklar bahsning 6-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Oldinga chiziqqa yetkazilgan uzatmani Jeko egallab oldi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani zabt etdi.

Mazkur gol kataloniyaliklarni "uyg‘otmadi". Italiyaliklar hujumda qilishda, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yaratishda davom etishdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Pike o‘z jarima maydonchasi ichida Jekoni qo‘lidan tortib yiqitdi. Hakam esa penalti belgiladi. O‘tgan o‘yinda avtogol muallifiga aylangan Daniyele de Rossi 11 metrli jarima zarbasidan samarali foydalandi. 2:0. Yana bitta gol qolgandi.

Tabiiyki, maqsadga juda yaqin qolgani "Roma"dagi ishtiyoqni keskin oshirib yuborgan bo‘lsa, Valverde shogirdlari hamon hisobdan kelib chiqib o‘ynashda davom etishdi. Buning uchun "rimlik risarlar" mukofotlanishdi. Bahsning 82-daqiqasida burchakdan yetkazilgan uzatmani Kostas Manolas bosh bilan ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi — 3:0! "Kamp Nou"dagi o‘yinda yana bir avtogol muallifi.

Mana shundan keyingina "Barsa" uyg‘ondi, so‘nggi daqiqalarda nimalardir qilishga urindi. "Roma" himoyada mustahkam o‘ynadi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Dembele olis masofadan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi.

Shu tariqa, deyarli hech kim, hattoki, "Roma" muxlislari ham kutmagan mo‘’jiza ro‘y berdi. "Barselona" dastlabki o‘yinda 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, YECHLni tark etmoqda. "Bo‘rilar" esa yarim finalda!

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, dastlabki o‘yin
Roma Italiya – Barselona Ispaniya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 6 Djeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.
Roma – Alisson, Fasio, Jezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (El-SHaaravi, 77), Florensi, Strotman, de Rossi, Djeko, Shik (Under, 73).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inyesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Fasio (38), Jezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).
Dastlabki o‘yin: 1:4.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:41, 11.04.2018.
O'qildi: 14324 marta.
Fikrlar: 59 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.