Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Taekvondo (WTF). Jahon chempionatida yana bir medal!

Taekvondo (WTF). Jahon chempionatida yana bir medal!

Baho:
+ | -

Tunisning Hammamed shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida -51 va -55kg, qizlar o‘rtasida esa -46 va -49 kg vazn toifalarida janglar o‘tkazildi.

Jahon chempionatida -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ulug‘bek Rashidov sovrindorlar qatoridan o‘rin olishga muvaffaq bo‘ldi. U dastlabki bosqichlarda braziliyalik Gabriel Alves (25:5), malayziyalik Imon Firdavs Nasriddin (25:7), nimchorak finalda gresiyalik Dikaios Michalakakos (25:13), chorak finalda esa rossiyalik Anatoliy Iarinni (18:8) mag‘lub etdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan kurashda Ulug‘bek eronlik Amir Valipurga 11:17 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan chegaralandi. Eronlik sportchi finalda ozarbayjonlik Xono‘g‘lon Karimovdan ustun kelib, oltin medal sohibiga aylanligini qo‘shimcha qilib o‘tishimiz joiz.

Eslatib o‘tamiz, chempionatning birinchi kuni -45 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan sportchimiz Amirbek To‘rayev shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olgandi.

Jahon chempionati 13 aprel kuni yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rashidov yaqindagina Xammamedda bo‘lib o‘tgan lisenzion turnirda oltin medalga sazovor bo‘lib, III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. U murabbiy Sobir Nazaraliyevning shogirdi hisoblanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:48, 11.04.2018.
O'qildi: 2028 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик