Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

Fotogalereya: qaysi brendni tanlaysiz, futbolchilarchi?

Fotogalereya: qaysi brendni tanlaysiz, futbolchilarchi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sir emaski, aksariyat futbolchilar moda olamiga befarq emaslar. Buni ularning yashil maydon tashqarisida kiyim tanlashlari, qanday libosda yurishlariga qarab bilib olish mumkin.

Shundan kelib chiqib, bugun aynan futbolchilar orasida mashhur bo‘lgan 10ta brend haqida so‘z yuritmoqchimiz.

PHILIPP PLEIN

2004 yili germaniyalik dizayner Filipp Pleyn o‘z nomini moda tarixiga muhrladi. U yaratgan liboslarni jahonning eng yaxshi futbolchilari kiyishadi. Ayniqsa, Krishtianu Ronaldu, Devid Bekxem va Adrian Rabyo.

Ushbu brend nima sababdan bu qadar dovruq qozondi? Javob oddiy: dabdabali tikish uslubi diqqatni tortadi. Fransiya termasi o‘yinchisi Adrian Rabyoning kiyimida bosh chanog‘i va Philipp Plein emblemasi tasvirlangan.

BALMAIN

Olivye Rusting tomonidan yaratilgan ijod namunalari hech kimni befarq qoldirmaydi. Libos markasiga 2009 yili asos solingach, u ko‘plab futbolchilar, ayniqsa, Neymarning e’tiborini tortdi.

Braziliyalik yulduz Rustingning serhasham liboslariga muxlis (buni «PSJ» hujumchisining ilon terisidan tikilgan kurtkasiga qarab bilib olish mumkin). Neymar - parijlik dizaynerning modalar haftaligi davomida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalariga muntazam tashrif buyuradi.

GIVENCHY

Mazkur brend 1952 yaratilgan. Givenchy - futbolchilar orasida mashhur bo‘lgan lyuks darajadagi fransuz markasi. Misol uchun, Fransiya termasining ayrim o‘yin-chilari Klerfontenga aynan shu mashhur brend liboslarida tashrif buyurishdi. Jumladan, Adrian Rabyo, Usmon Dembele va Loran Kosyelni.

GUCCI

Ushbu markaning ham futbol olami vakillari orasida ixlosmandlari bisyor. Masalan, «Arsenal»dagi Aleks Ivobi yoki «Manchester Yunayted»dagi Jessi Lingard. Ayniqsa, «MYU» yarim himoyachisining kepkasi, poyabzali, sport kiyimi va hattoki, paypog‘i ham Gucci firmasida tayyorlangan.

LOUIS VUITTON

Futbolchining eng yaqin do‘sti - futbol to‘pi emas. Bu Louis Vuitton sumkasi. Teri mahsulotlari savdosida shuhrat qozongan dizayner o‘z ijod namunalari bilan butun dunyoga tanilgan. Uning eng ashaddiy ishqibozi kim? Shubhasiz, Mario Balotelli.

DSQUARED2

Bu marka 1994 yili Milanda Din va Dan Katenlar tomonidan yaratilgan. Balki Dsquared2 mashhurlik bobida Gucci hamda Louis Vuitton kabilardan ortda qolar, biroq bu omil butun dunyo bo‘ylab xaridorlarni jalb etishga to‘sqinlik qilmaydi. Kanadalik egizaklar asos solgan brend Alfons Areolya singarilarga yoqib tushdi.

CHRISTIAN LOUBOUTIN

Futbolchilar butsalardan tashqari, kedalarni, aniqrog‘i, Kristian Lubuten tomonidan yaratilgan kedalarni ham ma’qul ko‘rishadi. Masalan, fransiyalik Presnel Kimpembe Klerfontenga tagcharmi qizil tusdagi poyabzalda tashrif buyurdi.

BALENCIAGA

Mana bir necha mavsumdirki, Fransiyaning Balenciaga markasi o‘zida yuksak moda va ko‘cha uslublarini uyg‘unlashtirmoqda. Jumladan, Mishi Batshuayi Speed Knit mahsulotini kiyib yuribdi. Uning narxi qancha? 550 yevro.

SUPREME

Ko‘cha uslubi haqida gap borganda, Nyu-Yorkning Supreme markasi haqiqiy etalonga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmas. U aksariyat jihatlari bilan futbolchilar mehrini qozongan. 2017 yilning iyunida Supreme hamda Louis Vuitton birgalikda yangi kolleksiya yaratishdi.

Ushbu hamkorlik mazkur firmalarga misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat keltirdi. Yangilikni sinab ko‘rgan ilk futbolchi kim? Neymar. Braziliyalik yulduzning qizil kurtkadagi suratiga astoydil razm solsangiz, unda Louis Vuitton logotipini ko‘rishingiz mumkin.

OFF-WHITE

Ko‘cha uslubini tanlash orqali futbolchilar ehtiyojini qondirayotgan markalardan yana biri - Off-White. Ushbu kompaniyaga Milanda, Virjil Ablox tomonidan asos solingan.

Bu brend ko‘pchilik qatori «Arsenal» himoyachisi Ektor Belyeringa ham yoqadi. Joriy yilning 11 yanvar kuni ispaniyalik futbolchi MBA uchrashuviga boshdan-oyoq Off-White liboslarida tashrif buyurdi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:17, 11.04.2018.
O'qildi: 6606 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.