Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Navbahor” va “Bunyodkor” bahsida o‘ziga xos aksiya: Muxlislarga 22 mingta futbolka tarqatiladi

“Navbahor” va “Bunyodkor” bahsida o‘ziga xos aksiya: Muxlislarga 22 mingta futbolka tarqatiladi

Baho:
+ | -1

Bugun, 16 aprel kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohning anjumanlar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Namangan viloyat hokimi, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Bozarov rahbarligida va klubga tegishli bo‘lgan mutasaddilar, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda “Navbahor” xalq jamoasi ekanligi, jamoada g‘alabaga bo‘lgan ruh kuchli bo‘lishi, futbolchilar ahil bo‘lishlari va bir maqsad yo‘lida birlashishlari, joriy mavsumda jamoaning oldiga ulkan maqsadlar qo‘yilganligi, “Navbahor” Yurtboshimiz va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotganligi, “Markaziy” o‘yingohning tomoshabinlar sig‘imini kengaytirish yoki Namanganda yana bir yangi stadion barpo etish rejasi borligi ta’kidlandi.   

Yig‘ilish  so‘ngida tashkiliy masala ko‘rildi. Shu kungacha “Navbahor” direktori lavozimida faoliyat yuritgan Akramjon Dedabayev o‘rniga Baxtiyor Boboyev tayinlandi. Xayrulla Bozarov “Bunyodkor” jamoasini 5 marta chempion bo‘lishida Baxtiyor Boboyevning munosib hissasi borligini ta’kidlab, “Navbahor”ning ham bu yil chempion bo‘lishida unga omad yor bo‘lishini tiladi. O‘z o‘rnida Baxtiyor Meliyevich ham so‘zga chiqib, o‘ziga nisbatan bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirar ekan, jamoaning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishini ta’kidladi. 

Shu o‘rinda klub tomonidan Superliganing navbatdagi turi – “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rilayotganligini ham aytish joiz.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan “Navbahor” jamoasining fidoiy, ashaddiy futbol  muxlislariga futbolga bo‘lgan mehri sababli sovg‘a sifatida 22 ming dona futbolkalar taqdim etildi. 

20 aprel kuni soat 18:00 da Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tashrif buyurgan har bir jonkuyar futbol muxlislarga mazkur futbolkalar bepul tarqatiladi. 

“Bunyodkor” klubiga qarshi kechadigan o‘yindan oldin el suygan, viloyatning taniqli estrada xonandalari ishtirokida shou konsert dasturi ham namoyish etiladi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:39, 16.04.2018.
O'qildi: 4706 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.