Madridning «Real» klubi shu yozgi transfer oynasi uchun yangi maqsadini belgilab oldi. «Qaymoqranglilar» maydon markazida o‘yinni sifatli tashkil eta oladigan va jamoa harakatlarini boshqaradigan yarim himoyachi qidirishmoqda. Bu haqda El Desmarque nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» Eduardo Kamavinga uchun sifatliroq muqobil futbolchi topmoqchi. Hozirda «Qirollik klubi» uchun ustuvor variant — «Liverpul» a’zosi Aleksis Makallister bo‘lib turibdi.
Avvalroq «Real»ning «Chelsi»dan Enso Fernandesni sotib olish bo‘yicha transferi amalga oshmay qolgan edi.













