Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

La Liga. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan «Barselona» «Selta»ni yuta olmadi

La Liga. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan «Barselona» «Selta»ni yuta olmadi

Baho:
+ | -

17 aprel sanasida Ispaniya La Ligasining 3 kun davom etadigan 33-tur bahslari boshlandi.

33-tur doirasida «Barselona» Vigoda «Selta» mehmoni bo‘ldi. Ushbu o‘yinda «Barselona»ning Leo Messi, Luis Suares kabi yetakchilari zaxirada qoldirildi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba kataloniyaliklarga chempionlik unvoniga yanada yaqinlashib olishiga ko‘mak berardi. ​Ammo uchrashuv «Barselona»ning g‘alabasi bilan yakunlanishiga «Selta» yo‘l qo‘ymadi.

Avvaliga Usmon Dembele 36-daqiqada kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 45-daqiqada «Selta» a’zosi Xonatan Kastro tablodagi hisobni 1:1 bo‘lishini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limda Pako Alkaser yana «Barsa»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuvning 82-daqiqasiga kelib Yago Aspas Mark Andre ter Shtegendan qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. Qayd etish joiz, zaxiradan maydonga tushirilgan «Barselona» a’zosi Serxi Roberto 71-daqiqada hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Shu tariqa uchrashuv tomonlarning 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

Mazkur natijadan kyin "ko‘k-anorranglilar" hisobidagi ochkolar soni 83taga yetdi. Ular 33-tur bahsini bugun o‘tkazadigan "Atletiko"dan 12 ochko oldinda borishmoqda.

«Sevilya» esa safarda «Deportivo» mehmoni bo‘lib, golsiz durang natijasini qayd etdi.

Ispaniya La ligasi, 33-tur
Selta – Barselona 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 36 Dembele, 1:1 – 45 Kastro, 1:2 – 64 Pako Alkaser, 2:2 – 82 Aspas.
Selta – Alvares, Vass, Ronkalya, Gomes, Kastro, Brais Mendes (Boye, 83), Xosabed (Radoya, 73), Lobotka, Sisto (Mor, 79), Maksi Gomes, Aspas.
Barselona – ter Shtegen, Nelson Semedu, Mina, Vermalen, Din, Andre Gomesh (Serji Roberto, 60), Paulinyo, Dembele (Aleish Vidal, 78), Denis Suares, Koutinyo (Messi, 60), Pako Alkaser.
Ogohlantirishlar: Aspas (56), Vass (78), Kastro (88).
Chetlatish: Serji Roberto (71).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 03:28, 18.04.2018.
O'qildi: 10121 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик