Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘zbek futbolida videotakrorlar tizimi joriy etiladi

O‘zbek futbolida videotakrorlar tizimi joriy etiladi

Baho:
+ | -

Bugun, 18 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston superligasi klublari rahbarlari, hakamlar va nazoratchi hakamlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda ham videotakrorlar tizimini joriy etish haqida so‘z borgan. Avvaliga bu markaziy o‘yinlar uchun sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.

Yig‘ilishda shuningdek, hakamlik sohasi, muxlislar, marketingni rivojlantirish, superliga uchrashuvlari targ‘ibotini kuchaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

«So‘nggi paytlarda Superliga bahslarida yana xatolar, biror bir jamoaga yon bosish, o‘yindan tashqari holatlarni aniqlashda xatoliklar aniqlanmoqda. Uchrashuvlar yakuniga yetganidan so‘ng menga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Mana asta-sekin muxlislarimiz stadionga qaytmoqdalar. Bu hakamlarga ham bog‘liq. Ularning birgina hushtagi evaziga o‘sha muxlislar yana futboldan uzoqlashib ketishlari mumkin. Shuning uchun, o‘z ustingizda yanada ko‘proq ishlashingiz lozim. Biz har bir o‘yinni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Bizga halol o‘yinlar va odilona hakamlik kerak. Yon bosishlar, atayin qilingan xatolarga nisbatan keskin chora ko‘ramiz.

Mana, yosh hakamlarimiz yetishib chiqmoqda. Birgina xato sabab ularni o‘yinlardan chetlatib yuborish fikridan yiroqmiz. Aksincha, tajriba to‘plashsin. Pro Liga, ayollar futboli uchrashuvlarida mahoratlarini toblab olishsin.

Agar malakali hakamlar kam bo‘lsa, markaziy uchrashuvlar uchun chetdan ham hakam olib kelishga tayyormiz. Bu borada sizlardan taklif kutib qolaman», – deb aytgan MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hakamlarga qarata.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 00:28, 19.04.2018.
O'qildi: 3614 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик