Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Superliga hakamlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Superliga hakamlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni ta’minlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Jumladan, kecha “Bunyodkor” stadionida Superliga hakamlari uchun bir kunlik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov, boshqarma mutaxassislari Bobur Haydarov, Baxtiyor Namozov hamda FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA instruktori Farhod Abdullayev olib borishdi. 

Kunning birinchi yarmida hakamlar uchun nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Yig‘ilganlarga O‘FA Ilmiy-metodik guruhi tomonidan tayyorlangan Superliga klublarining taktik o‘yin uslublari va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berildi. Bu ma’lumotlar Superliga hakamlari uchun  uchrashuvlarni boshqarishda asqotishi aniq.

Keyin hakamlar maydonda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Mashg‘ulotlar davomida o‘yinda ro‘y beradigan bahsli vaziyatlar yaratildi va hakamlarning bu vaziyatlarda amalga oshirishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlari ko‘rsatib berildi. 

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Superliga hakamlari malakasini muntazam ravishda oshirib borish va uchrashuvlarda sifatli hakamlikni ta’minlashdan iborat. 

Bunday seminarlarni yil davomida doimiy ravishda o‘tkazib borish rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:20, 19.04.2018.
O'qildi: 2208 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик